TAʼTIL KUNLARIDAN UNUMLI FOYDALANAMIZ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-dekabr kuni “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydagan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Navroʻz bayramida ketma-ket besh kunlik dam olish kunlari belgilangan edi. Bu bilan xalqimiz uchun Navroʻz bayramini yuqori kayfiyatda kutib olish, Navroʻz sayllarida ishtirok etish va qadimiy obidalarga, ziyoratgohlarga borish imkonini yaratdilar. Bu kunlarda marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi, keksa-nogiron, yolgʻiz qariyalar, ota-onalarga ulkan hurmat-ehtirom koʻrsatiladi.
Shu munosabat bilan bizning 55-sonli maktabimizda ham ushbu bayram munosabati bilan dam olish kunlaridan mazmunli foydalanish niyatida qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga ziyorat tashkillashtirilmoqda, Navroʻz bayrami mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Oysuluv OMONOVA,
shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶