NUPONIYLAP HIMMATI
Yurtimizda har kuni bir yangilik, bir oʻzgarish boʻlmoqda.Yoshlar savodxonligini oshirish, ularning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarishda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan elon qilingan “Yosh kitobxon”tanlovi koʻpchilik orasida katta qiziqish va sinchkovlik bilan kuzatib borilmoqda. Ayniqsa, nuroniylarimiz yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasida faollik koʻrsatishmoqda.
Yaqinda “Yuqori qishloq” MFYda istiqomat qilayotgan otaxonlarimizdan Qoʻziboy Abdurahmonov, Otajon Iskandarovlar oʻz jamgʻarmalaridan, mahalla kutubxonasiga 10 tadan kitob sovgʻa qildilar.
–Yurtboshimizning kitobxonlikka katta eʼtibor berayotgani bizlarga ham kuchli tasir qildi. Haqiqatdan ham inson uchun eng yaxshi doʻst – bu kitob, – deydi Qoʻziboy ota Abdurahmonov. – Axir shu mahalla oʻzimizniki, yoshlarimiz esa Vatanimiz ertasi. Bilimli yoshlar ongli, esli-xushli boʻladi va kelgusida toʻgʻri yoʻldan borib, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladi.
Nuroniy otaxonlarimiz boshlagan bu xayrli ishni qoʻllab-quvvatlovchilar safi kun sayin oshib, mahallamizda moʻʼjazgina kutubxona tashkil etildi. Kutubxona har kuni kitobsevarlar bilan gavjum. Zero, shoir aytganidek
Jahonda kitobdan yaxshi yor boʻlmas,
Davr gʻamxonasida gʻamgʻusor boʻlmas.
Yolgʻizlik kunjida undan har doim,
Yuz rohat yetar, lek bir ozor boʻlmas.
M.Atajanova, “Yuqori qishloq” MFY
diniy-maʼrifiy va maʼnaviy-axloqiy
tarbiya masalalari boʻyicha maslaxatchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶