ELEKTR ENERGIYaSI TAʼMINOTI BOʻYIChA MUAMMOLARGA YeChIM TOPILDI
Prezidentimiz tashabbuslari bilan davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishi borasida yoʻlga qoʻyilgan tizim boʻyicha rahbarlar bevosita fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topmoqda va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etmoqda.
Elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida tumanimizga “Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi U.Mustafoyev, Umumiy boʻlim boshligʻi N.Botirova, “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Z.Kerimzatov, tuman hokimi S.Yoʻldashev hamda korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla va fuqarolar yigʻinlari raislari, fuqarolar ishtirok etdilar.
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi U.Mustafoyev mamlakatimizning har bir sohasida boʻlgani kabi mazkur tizimda ham yurtimiz aholisiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida ishlar takomillashayotganini, Prezidentimiz tashabbusi bilan “Gidroenergo” AJ tashkil etilganligini, tizimni isloh qilish boʻyicha qator qonun hujjatlari qabul qilinganligini, shu asosda elektr tarmoqlarini yangilash tadbirlari bosqichma-bosqich bajarilayotganini soʻzladi.
Fuqarolar va baʼzi korxonalar tomonidan elektr energiyasiga talab ortib borayotganligini inobatga olib, quvvati past boʻlgan transformator punktlari yuqori quvvatli tarnsformatorlarga almashtirish hamda shu kabi boshqa muammolar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlar boʻyicha tegishli idora va vazirliklarga takliflar kiritildi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶