Amudaryoda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nişonlandi
Bahorning taşrifi biri biridan gözal bayramlar bilan boşlandi va har bir köngilga jöşqinlik baxş etadi. 1-mart özbek xalqining latofatli şoirasi, vafo va sadoqatning buyuk timsoli, baxt va bahor kuyçisi, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoirasi Zulfiyaxonim tavalludi kuni bugun mamlakatimizda keng nişonlandi. Şoira sevgan va kuylagan gözal bahorning yana bir ajoyib ayyomi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan bayramona tadbirlar esa ayolga ehtirom, yuksak etibor va mehr tuyğularini özida mujassam etib, xalqimiz qalbiga olam-olam zavq bağişlab, har bir xonadonda, mehnat jamoalarida, öquv muassasalarida kötarinki ruhda ötkazilmoqda.
Joriy yilning 3-mart kuni Manğit şahridagi serhaşam “Bek” töyxonasida tumanimizning faol xotin qizlari uçun fayzli dasturxon yozilib tantanali bayram keçasi taşkil etildi. Davlat va jamoat işlarida, öqişda va ijodda tumanimiz hayotining barça sohalarida faoliyat yuritayotgan faol ayol qizlar, pir-u badavlat, aziz va muhtarama onaxonlar iştirok etgan bayram tadbirini tuman xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi deputati Maryam Ahmedova oçdi va muhtarama onaxonlar, aziz ayol-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Şundan söng, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev bayram tadbirida iştirok etayotgan faol ayol-qizlarni yaqinlaşib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni – bahorning ilk ayyomi bilan muborakbod etdi.
Hayotimiz körki, oilalarimiz fayzi, qalbimiz quvonçi bölgan mehribonlarimiz qadrli onajonlar, aziz opa-singillar, –dedi u öz tabrik nutqida. – Sizlar bor ekansiz, hamişa hayotimiz fayzli, har bir işimiz, barakali köngillarimiz xotirjam. Hamişa oilalarimiz, ona yurtimiz bahtiga soğ omon bölinglar.
Tuman hokimi S.Yöldoşev tumanimizning ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi samarali faoliyati uçun bir guruh ayol-qizlarga tuman hokimligining taşakkurnomalari va fahriy yorliqlarini topşirdi.
Bayram tadbirida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekmon Allamberganov, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman kengaşi rahbari Aşirboy Qöşayev, taʼlim faxriysi Jongilbeka hoji
Bobojonovalar aziz va muhtarama ayol-qizlarni 8-mart - Xalqaro xotin qizlar ayyomi bilan samimiy tabrikladilar.
Fayzli dasturxon atrofida jam bölgan onaxonlar va opa-singillarga tuman hokimi tomonidan tayyorlangan bayram sovğalari tuhfa etilib, kontsert dasturi namoyiş qilindi.
Tuman madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining özbek xalq çolğu ansambili hamda anʼanaviy xonandalar ansambillari ijrosida mumtoz kuy va navolar, 4-sonli MTM tarbiyalanuvçilari talqinidagi şöx raqslar, onani, ayolni madh etuvçi şeʼr va qöşiqlar bayram tadbiriga özgaça zavq bağişladi.
Hurmat va ehtirom yuksak eʼtibor va rağbatdan mamnun köngillar yuksaldi. Tumanimizning faol xotin-qizlari şarafiga taşkil etilgan bayram tadbirida opalar ezozlandi uluğ va muhtarama ayolga yuksak ehtirom körsatildi. Tadbir barçaga xuş kayfiyat baxş etdi.
P.Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶