QADRIYaTLAR QADRLANADIGAN MASKAN
Men bolalik paytlarimda qişloğimizda özi nimjon, tili ham duduq, yolğiz yaşaydigan kişi bor edi. Unga kimdir rahmi kelib, pul yo biror kiyim bermoqçi bölsa, birovning haqi kerak emas, deb köngli oğrib qolar, şunday paytlarda kun böyi uyidan taşqariga çiqmay qöyardi.
Beozor, könglida kiri yöq, zarurdan kömagini ayamaydigan bu odamga heç kim befarq qaramasdi, unga ğamxörlik qilişning ham ajoyib usulini qöllaşardi. Yaʼni kimdir töy-maʼraka yo kattaroq yiğin bersa, unga samovarda çoy qaynattirib qöyar (u vaqtlarda gaz qayoqda deysiz?), kimlarningdir borar joyi çiqsa, moli-holiga qarab turişni tayinlar, buning uçun tirikçiligiga yetgulik pul berar, töy berganlar yaxşi niyat bilan kostyum yo çopon kiydirişardi.
U bu hadyalarni öziça «halol»lab olar, nazarimda pul sanaşni ham bilmasdi çoği, quvonib kiyib yurardi. Ota-onam ham biz farzandlariga u haqda gap oçilib qolguday bölsa, heç qaçon kamsitmang, oldidan salom berib öting, deya tayinlaşardi.
Bularning tagidagi çuqur hikmatni – ojizlarga ğamxör-lik, özaro mehr-oqibat va bağrikenglik kabi umrbo-qiy urf-odat va anʼanala-rimizning naqadar ulkan qadr-qimmatini, hamqişloq-larimning qançalik maʼnaviyatli ekanligini keyin ang-ladim. Öylab qarasam, har kimning Vatan içra kiçik Vatani – oilasi, mahallasi ulkan dorilfunun ekan.
Çunki hamma ham oilada, mahallada kamolga yetadi. Agar oilada ajdodlarimizdan asrlar oşa bizgaça yetib kelgan umrboqiy urf-odat va anʼanalarimiz, qadriyat-larimiz mazmun-mohiyati teran singdirib borilsa, har bir öğil-qiz odobli-axloqli va intiluvçan bölib voyaga yetadi.
Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, milliy urf-odat, anʼanalarni saqlab, kelgusida avlodlarga yetkazişda oilalarning roli beqiyos.
Qadriyat darajasiga kötarilgan urf-odatlarimiz, anʼanalarimizni qadrlaş, bu merosning qadriga yetiş, turmuşga tatbiq etiş har bir şaxsni maʼnaviy barkamollikka eltadi. Bunda oilaning roli beqiyos. Oila – milliy urf-odat, anʼana, qadriyatlar qadr topadigan maskandir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶