18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:39
Jamiyat 👁 1,079

FAOL AYoLLAP DAVPASIDA

FAOL AYoLLAP DAVPASIDA

Ayol. U haqida taʼrif-u tavsiflar bisyor. Onajon, deb bagʻriga intilganimizda zamin-u osmon goʻyo mehrdan yaralganday, borliq yashnab ketadi. Opa-singlim, demoqning oʻzi qalblarimizga xotirjamlik baxsh etib, hayotimizni olamjahon mazmun bilan ziynatlaydi. U samimiy doʻst, sadoqatli rafiqa. Bundan ham muhimi, jamiyatning faol aʼzosi. Zotan, ayol oʻzining oila deb atalmish goʻzal saltanat ichra ado etajak barcha vazifalaridan tashqari davlat va jamiyat qurilishining haqiqiy ishtirokchilari, fidoyilari. Demak, tahririyatimizning bugungi bahoriy davrasi ishtirokchilari aziz va muhtarama Ayollar.

Guljahon IBPAGIMOVA, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, «Nazarxon» OFY diniy-maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi:

– Bizning mamlakatimizda Ayol – millat va xalq hayo-tining gultoji sifatida ulugʻlanadi. Buni har yili qabul qilinayotgan Prezident Farmonlari, hukumat Qaror-larining mazmun-mohiyatida ham, Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustah-kamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan ulugʻvor vazifalarda ham yaqqol koʻ-rishimiz mumkin.

Farmonga asosan joriy yilning 1-aprelidan boshlab ovul va mahallalarda bevosita tuman xotin-qizlar qoʻmitasi rahbarligidagi xotin-qizlar bilan ishlashish va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis ayollarimiz oʻz faoliyatlarini boshlaydilar. Endilikda har bir mutaxassis xotin-qizlar orasida aniq maqsadli ishlarni tashkil etishga, xotin-qizlar hayotiga oid barcha muammolarni tizimli hal etishga bosh-qosh boʻladi.

Men hamkasblarimga bundan keyin amaliyotga joriy etilayotgan mutaxassis lavozimlarida aziz onaxonlar, muhtarama ayol-qizlarimiz bilan birgalikda uzoq yillar ishlash nasib etishini tilayman.

Barchangizga 8-mart – Xalq-aro xotin-qizlar ayyomi muborak boʻlsin!

Hafiza OʻPOZIMBETOVA, 5-sonli MTM mudirasi:

– Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatida barcha sohalar qatori maktabgacha taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qa-ratdilar.

Soha rivojiga qaratilgan hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash borasidagi barcha ishlar oila mustahkamligini taʼminlash, 6 yoshgacha boʻlgan farzandlar tarbiyasini zamon talablari darajasida tashkil etish, bolalarning sogʻlom oʻsib-rivojlanishi uchun sogʻlom ovqat-lanishiga rioya qilish, ularning qiziqishlari, iqtidor va qobiliyatlarini bogʻcha yoshidanoq toʻgʻri shakllantirishga qaratilishi ham ayol-qizlarimizning oilasidan, farzandlaridan koʻngli toʻq, xotirjam holatda jamiyatga faol aralashuvini taʼminlashga xizmat qiladi.

Har bir ayol-qiz nafaqat oilasida, balki jamiyatda ham hayotidan koʻngli toʻq, davlatdan rozi boʻlib yashash uchun eng avvalo, oʻzini doimiy isloh qilishi, oʻzining onalik, ayollik, rafiqalik masʼuliyati bilan birga, agar u ishlovchi boʻlsa, kasb masʼuliyatini ham his etib yashashi kerak.

Dilbar OʻPOZIMBETOVA, 76-sonli umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi:

– Fan va taʼlim-tarbiya qanchalik sifatli taraqqiy etsa, jamiyatimiz ham shunchalik goʻzallashib boraveradi. Men har gal aziz oʻquvchilarim davrasiga kirib borganimda shular haqida oʻylayman. Chunki men oʻqituvchiman. Oʻqi-tuvchi oʻz kasbininggina emas, sohasining bilimdoni boʻ-lishi kerak

Men shunday kasbdoshlarim-ni bilaman. Oʻz fanining ha-qiqiy bilimdoni, fidoyisi, izlanuvchan va intiluvchan. Ularning taʼlimini olayotgan oʻquvchilar ham zukko, bilimdon. Lekin yana shunday oʻqituvchilar ham borki, nazarimda, zamonadan bir emas, ikki qadam ortda, fikrlari sayoz, dars oʻtish uslublari qotib qolgan, bundaylarni “hamkasb” deb atashga ham baʼzan oʻylanibroq qolaman.

Mana, yaqinda tumandagi ing-liz tili fani oʻqituvchilari bilimlari sinovdan oʻtka-zildi. Ishonasizmi, natijalarga koʻz tashlasam, butun boshli tumandan faqat sanoqli oʻqituvchilar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtibdi. Yoʻq, azizlar, men bu bilan kimnidir kamsitayotganim yoʻq. Aslo! Balki ana shu natijadan juda uyaldim. Axir bilimi sayoz oʻqituvchi taʼlim tarbiyasini olgan oʻquvchining kelajagi nima boʻladi? Men ana shu haqda oʻyladim.

Ayolga ehtirom, oʻqituvchi-murabbiylarga eʼzoz va hur-mat mamlakatimizda naqadar yuqori. Biz ana shunga munosib mehnat qilishimiz kerak.

Aziz va mukarrama ayol-qiz-larimizga, hamkasb ustoz-mu-rabbiylar, doʻst-u qadrdonla-rimizga bayram muborak boʻlsin, deyman!

Iroda YePDOShEVA, 38-maktab oʻquvchisi, “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻolibasi:

– Buyuk ajdodlarimiz bosib oʻtgan tarixiy yoʻl biz yoshlar uchun juda katta ibrat maktabi hisoblanadi. Masalan, Alisher Navoiy bobomizni olaylik. Juda katta obroʻ eʼtiborga ega bobokalonimiz hech qachon mol-dunyoga hirs qoʻymaganlar. Butun hayoti davomida yiqqan mol-u davlatini xalq farovonligi, mamlakat obodligi yoʻlida sarflaganlar.

Ulugʻ turkman shoiri Max-tumquli, rus yozuvchisi Tols-toy, tojik shoiri Pudakiy, nemis xalqining sevimli farzandi Gyote. Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Men bu ulugʻ salaflarning bir-birlariga nihoyatda oʻxshash jihatlari haqida aytmoqchiman. Mening dilimda hayrat uygʻotgani – barcha xalqlar tarixida yorqin iz qoldirgan insonlarning hammasi dunyo moddiyatlaridan oʻz millati, xalqining fidoyilari boʻlishgani, maʼnaviyatni ustun qoʻyishgani, yangi avlod tarbiyasi borasidagi fidoyiliklaridir!

Biz yoshlar hamma masalada siz kattalarga maʼlum maʼnoda taqlid qilamiz. Havasga loyiq jihatlaringizdan ha-qiqatdan ham ibrat olamiz. Mamlakatimizda biz yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbatdan kuch olib, yanada yangi marralar sari intilamiz. Maqsadimiz esa ezgu – ulugʻ ajdodlarimizga munosib farzand boʻlish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etish.

Fursatdan foydalanib, barcha aziz onajonlarimizni, muhtarama opa-singillarimizni bahorning ilk ayyomi 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

Sahifani jurnalist Pobiya Yoʻldosheva tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026