TOʻY-MAʼPAKALAP IXChAMLAShADI
Oʻzbek xalqi – mehmondoʻst xalq. Ayniqsa, yaxshi kunida qarindosh-urugʻ, yor-u birodarlarini chorlab, dasturxoniga sarxil neʼmatlarni yoyib tashlaydi va quvonchini ham, bisotidagi borini ham yaqinlari bilan baham koʻradi. Oʻzbekning yaqinlari bilan birga shodlanadigan, topgan-tutganini sarflaydigan, shirin tashvish bilan tayyorlanadigan quvonchli kunlaridan biri bu – toʻy.
Yaqinda Qipchoq ovuli “Uyshin” mahallasidagi “Uyshin” Madaniyat va dam olish Markazida toʻy-hasham va maʼraka-marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish boʻyicha aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ham shu haqda soʻz yuritildi. Uchrashuvda “Yusuf Eshon Bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi Bekman Ollamberganov, tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Oybek Begimov, “Uyshin” mahallasi oqsoqoli Pustam Qoʻchqorov hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.
“Yusuf Eshon Bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev xayriya va janoza maʼrakalarini ixchamlashtirish haqida soʻzlab, barchani isrofgarchilikning oldini olishga chaqirdi. “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi Bekman Ollamberganov esa toʻylardagi nomaqbul odatlarga, ortiqcha dabdabaga chek qoʻyish kerakligini gapirdi. Tuman madaniyat boʻlimi xodimi Oybek Begimov slayd tasvirida toʻydagi isrofgarchilik, keraksiz hashamlar lavhalarini koʻrsatib, bu koʻp oilalarda keyinchalik muammo va noxush hodisalarga sabab boʻlayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda oʻrtaga tashlangan taklif-mulohazalarni barcha bir ovozdan maʼqullab, mahalla oqsoqoli va faollari bilan hududdagi oilalardan birida namuna sifatida ixchamlashtirilgan toʻy oʻtkazishga kelishib olindi.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶