21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,222

YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh: DOLZARB MASALAGA YaNGIChA YoNDAShUV

YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh:  DOLZARB MASALAGA YaNGIChA YoNDAShUV

Qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borish maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 9-oktyabrda “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni va 2017-yil 10-oktyabrda “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Mana shu Farmon hamda Qarorning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashish uchun tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Fayzulla Saʼdullayevni tahririyatga taklif qildik.

– Fayzulla, aytingchi, muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 9-oktyabrdagi PF-5199-sonli Farmoni va 2017-yil 10-oktyabrdagi PQ-3318-sonli Qarori qabul qilingunga qadar qishloq xoʻjaligi sohasida qanday muammo va kamchiliklar kuzatilgan edi?

– Prezidentimizning mazkur Farmonida koʻrsatilganidek, fermer xoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston fermerlar Kengashi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi.

Aholi ixtiyoridagi tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolgan. Uzoq yillar foydalanilmagan tomorqa yer egalarining yerga nisbatan munosabatini tubdan oʻzgartirish boʻyicha tizimli ish olib borilmagan.

Fermerlar asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan cheklanib, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish va xizmatlar koʻrsatish kabi koʻp tarmoqli faoliyatini yoʻlga qoʻyishda mavjud imkoniyatlardan foydalanmagan.

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash va ularga xizmat koʻrsatishda zarur infratuzilmalar yaratilmagan hamda bozor mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan.

Prezidentimizning mazkur Farmonida shu va boshqa kamchiliklarni tugatish va mamlakatimiz hayotida yangi davrni boshlab bergan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini taʼminlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini koʻpaytirishga boʻlgan munosabatlarini tubdan oʻzgartirish maqsadida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

– Yerdan foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilmagan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qanday choralar koʻriladi?

– 2018-yildan boshlab fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilib boriladi va yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishigacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralari koʻriladi.

Har yili 1-fevralgacha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan oʻtkazadi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismida asossiz ravishda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer soligʻi stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qoʻllaniladi.

2018-2021-yillarda fermer xoʻjaliklari bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantiriladi. 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻymagan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yerdan foydalanish boʻyicha harakatlari fermerlar Kengashi oʻrnida tashkil etilgan tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan nazorat qilib boriladi.

– Fermer, dehqon xoʻjaliklariga va tomorqa yer egalariga Sizning tashkilot tomonidan qanday yordamlar koʻrsatiladi?

– Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzurida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat koʻrsatish markazi tashkil etilayapti. Endilikda ushbu markaz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga konsalting xizmatlarini koʻrsatadi. Yaʼni, huquqiy, iqtisodiy, texnologik sohalarda maslahatlar beradi va biznes-rejalar tuzishda koʻmaklashadi.

Shuningdek, ushbu markaz fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda realizatsiya qilishda ham vositachilik xizmatlarini koʻrsatadi.

Kompleks xizmat koʻrsatish markazi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, urugʻ va koʻchatlar, taralar, texnika va boshqa vositalarni yetkazib berishda, bank kreditlari, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning kredit va grantlarini jalb qilish boʻyicha maslahat berish xizmatlarini koʻrsatadi, qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha belgilangan tartibda qayta tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etadi, yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, eksport qilish va xizmat koʻrsatishda kooperatsiya munosabatlarini tashkil qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.

– Qarorda barcha fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha prognoz hajmlar belgilanishi koʻrsatilgan. Bu masala boʻyicha tumanimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Bu masala boʻyicha tuman hokimi 2017-yil 27-dekabr kuni “Tumanda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish va monitoringini yuritish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Ushbu qarorga asosan tumanda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yerlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, yaʼni yerlarni xatlovdan oʻtkazish, ekinlarni joylashtirish prognoz hajmlarini belgilash, samarasiz va umuman foydalanilmayotgan tomorqa yer egalarini aniqlash boʻyicha tuman shtabi tashkil etildi. Shuningdek, bu masala boʻyicha har bir sektorda va ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida ishchi guruhlar oʻz faoliyatini boshladi.

Mana shu ishchi guruhlar takliflariga asosan 2018-yilda tuman boʻyicha 407 gektar maydonda toʻqsonbosti, 1470 gektar maydonda ertagi va 3338 gektar maydonda oʻrtagi ekinlar joylashtirilishi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, muhtaram Prezidentimizning yuqorida nomlangan Farmon va Qarori mamlakatimizdagi barcha fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining faoliyatini yanada takomillashtirib, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tub burilishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim xujjatlardir.

Mazkur Qaror va Farmondan kelib chiqib, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni toʻla va samarali amalga oshirish yoʻlida bor kuch va gʻayratimizni ishga solamiz.

– Suhbatimizda ishtirok etganingiz uchun rahmat, salomat boʻling.

Suhbatni jurnalist Allambergan Jumaniyozov yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026