QUVNOQLAP VA ZUKKOLAP BAHSLAShDILAP
Joriy yilning 27-fevral kuni tuman madaniyat boʻlimining markaziy madaniyat saroyida tumandagi oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik-tanlovda Amudaryo servis va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining “Maroqand”, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining “Antiqa” Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining “Jayxun” va Mangʻit iqtisodiyot kollejining “Yoshlar” jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.
Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan “Quvnoqlar va zukkolar” bahsida oʻzlarining epchilligi hamda chuqur zakovatga ega ekanligini amalda namoyon etgan Mangʻit iqtisodiyot kollejining “Yoshlar”, Amudaryo servis va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining “Maroqand” jamoalari mazkur koʻrik-tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanma oldilar.
B. Ismoilov, Mangʻit iqtisodiyot kolleji
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶