Mutolaa ahamiyati targʻib etildi
Bugungi axborot oqimi tobora jadallashayotgan davrda yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishi, barkamol boʻlib voyaga yetishida kitoblar mutolaasining oʻrni beqiyosdir. Chunki kitoblar beminnat doʻst, ustozdir. Undan qancha koʻp bahra olish inson maʼnaviyatini shunchalik yuksaltiradi, ruhiy oziq beradi.
Yaqinda 21 - sonli maktabda “Jayxun ilhomlari” NNT, “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tuman boʻlimi, Oʻzbekiston MTDP tuman Kengashi hamkorligida kitob mutolaasi, mutolaa madaniyati va A.Navoiy adabiy merosini oʻrganishning ahamiyatiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir shu maqsadga qaratildi.
Tadbirda “Jayxun ilhomlari” NNT raisi A.Nafasov kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Oʻquvchilar ijrosida A. Navoiy ijodidan namunalar oʻqildi.
Tadbir ishtirokchilar koʻnglida badiiy asarlar mutolaasiga, xususan Navoiy ijodini oʻqib-oʻrganishga qiziqishini oshirdi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶