IQTIDORLI BOLALAR MASKANIDA


Ayni kunda mamlakatimizda yoşlarimizga taʼlim-tarbiya beriş bilan birgalikda kasb-hunar örgatiş, ularni ön barmoği hunarli insonlarga aylantiriş, ertangi hayotga barkamol inson sifatida kirib borişlariga puxta zamin yaratiş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilayapti.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazida ham yoşlar iqtidorini şakllantiriş, ularning turli hunarlarga va kasblarga bölgan qiziqişlarini oşiriş borasida kölamli işlar amalga oşirilayapti. Biz ayni kunda uşbu muassasada u yoki bu hunarga qiziqişlari kuçli bölgan yuzlab iqtidorli bolalarni uçratişimiz mumkin. Ularning yoniq közlarida yangiliklarga, bunyodkorlikka bölgan iştiyoqni körib, közimiz quvonadi, albatta.
Bugungi kunda mingdan ortiq bolani öz bağriga olgan uşbu maskanda 47 ta tögarak faoliyat körsatayapti.
Tögaraklar işi uç xil yönalişda şakllantirilgan bölib, ular badiiy ijodiyot, texnik ijodiyot, ölkaşunoslik va ekologiya yönalişlaridan iborat.
Bu maskanda iqtidorli bolalarning isteʼdodlarini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega bölayotgan bir neça tögaraklar faoliyati bilan tanişganimizda ularda olib borilayotgan maşğulotlar bizni haqiqatan ham qoyil qoldirdi.
Şokir Xudoyberganov rahbarligidagi “Şöx bolalar” tögaragida bugungi kunda 10 nafardan ortiq bölajak xonandalar musiqa va xonandalik sirlarini örganişmoqda. “Şöx bolalar” jamoasi har yili tumanimizda ötkazilayotgan bayram tadbirlarida faol iştirok etib kelişadi. Ular har bir bayram tadbiri uçun yangi qöşiqlar tayyorlaşga harakat qilişadi. “Özbekiston”, “Bizlar – barkamol avlod” va “Hunar örgan” qöşiqlari ular tomonidan doimo sevib ijro etiladigan qöşiqlardan hisoblanadi.
Biz taşrif buyurgan yana bir tögarak – ingliz tili tögaragi ham öquvçilarning eng sevimli tögaraklaridan biri ekan. Bu yerda biz kiçkina bolalarning ingliz tilini katta qiziqiş, zör iştiyoq bilan örganayotganlariga guvoh böldik. Mazkur tögarak aʼzolarining ingliz tilini zör ixlos bilan örganişlarining boisi, tögarak rahbari Mahfuza Ibragimovaning bolalarga bu tilni örgatişda ilğor usullardan foydalangan holda maşğulot ötkazişi muhim omil bölayotgan ekan.
Biz tögarak iştirokçilari tomonidan ingliz tilida ijro etilgan şeʼr va qöşiqlarni tinglab, ularning ustozi, yoş öqituvçi Mahfuza Ibragimovaning tögarak işlarini taşkil etişdagi qobiliyatiga, ğayratu şijoatiga qoyil qoldik.
Gulasal Allambergenova rahbarligidagi töquvçilik tögaragi ham namunali tögaraklardan hisoblanar ekan. Bu tögarak eşigini oçişimiz bilanoq, biz rang-barang iplar bilan töquv işlarini amalga oşirayotgan qizlar davrasiga qöşildik. Töquv dastgohlarini mohirlik bilan harakatga keltirib, ixlos bilan işlayotgan qizlarning biri-biridan çiroyli narsalarni töqişayotgani bizning havasimizni keltirdi.
– Men 31-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Gulnoza Jumaniyozova bölaman, – deya taniştirdi özini tögarak aʼzolaridan biri. – Men bu yerga tört yildan buyon qatnab, töquvçilik sirlarini örganayapman. Töquvçilik böyiça ança tajribaga ega böldim. Hozir köpgina narsalarni özim mustaqil ravişda töqiy olaman. Ustozim Gulasal opadan çeksiz minnatdorman.
Biz bu tögarak faoliyati bilan tanişib bölganimizdan keyin bolalar markazining “Boşlanğiç texnik modellaştiriş” tögaragiga taşrif buyurdik. Tögarak faoliyati bilan tanişganimizda öquvçilar tomonidan yaratilgan samolyotlar, minoralar, raketalar, uylar, traktorlar va turli hayvonlar maketlarini körib, ularning iqtidorlariga qoyil qoldik.
Uşbu tögarak aʼzosi Bekpoşşa Abdullayeva “Kamalak yulduzlari” tanlovida birinçi örinni, “Badiiy ijodiyot festivali”da döppidözlik böyiça ikkinçi örinni, “Texnik ijodiyot festivali”da uçinçi örinni olişga muvaffaq bölgan. Şuningdek, tögarak aʼzolaridan Jamşid Bobojonov, Xurşid Rajabboyev va Javohir Xöjamurodovlar ham tanlovlarda turli nominatsiyalar böyiça ğoliblikni qölga kiritişgan.
Bu yerda şuğullanayotgan yoşlarning öz kasbining ustalari, mehri daryo ustozlar rahbarligida özlari tanlagan yönalişlar böyiça ötkazilayotgan maşğulotlarda faol iştirok etib, öz iqtidorlarini namoyon qilayotganlari bizni nihoyatda xursand qildi.
“Barkamol avlod” bolalar markazidan olam-olam taassurotlar bilan qaytar ekanmiz, u yerdagi har bir tögarakda iştirok etayotgan yoşlarimizning bilim olişga, hunar örganişga taşnaligi, orzulari va kamolot sari sidqidildan intilişlari bizda ularning ertangi kuniga, kelajagining porloq bölişiga katta işonç uyğotdi.
Sevara IBROHIMOVA, gazetaning jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶