18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:33
Jamiyat 👁 1,279

TOʻY – UMP BOʻYI YIGʻIB, BIP KUNDA SOCh, DEGANI EMAS!

TOʻY – UMP BOʻYI YIGʻIB, BIP KUNDA SOCh, DEGANI EMAS!

Farzand tarbiyalayotgan har bir inson uning kamolini koʻrishni, oʻzidan koʻpayib, tinib-tinchib ketishini orzu qiladi. Topganlarini ularning toʻyiga asraydi, otalar buzoq bogʻlab, 2-3-yillab boqadi, ayollar topganini sandiqqa tashlay boshlaydi. Axir toʻy bahona, uzoq- yaqindan mehmonlar keladi, uzoq koʻrishmagan qarindosh-urugʻlar bir-birlarining mehriga toʻyadi. Ularning koʻnglini olib, hurmati uchun borini dasturxonga toʻkadi.

Keyingi vaqtlarda turmushimiz toʻkinlashib, ayrim kishilarning manmanligi sababmi, toʻylarimizda ortiqcha chiqimlar, dabdabalar koʻpayib qoldi. Oʻgʻil uylantirmoqchi boʻlgan xonadonda fotiha toʻyi, maslahat, kengash, qiz ziyofati uchun xarajatlar, toʻy kuni kunduzi kelin keldi, kechqurun bazm, ertasiga ish buyurar – boringki, hafta mobaynida har kuni toʻy, har kuni chiqimdorlik.

Aytaylik, qiz ziyofatini oling. Bizga qoʻshni viloyat boʻlgan Xorazm viloyatida qizlar bazmi yoʻq. Bu marosimning nomi “Qizlar bazmi”. Oʻylab koʻring, nega bu bazmga erkaklar, katta-kichik, butun el taklif qilinadi. Bugun baʼzi oilalarda qizlar bazmiga kuyov ham oʻz oʻrtoqlari bilan tashrif buyurmoqda. Bu qayn eliga boʻlgan hurmatsizlik emasmi?

Qiz uzatayotgan oila qizining ertaga borgan joyida tinib-tinchib ketishini oʻylaydi, keksalarimiz qiz ostonadan chiqayotganida “Borgan joyingda toshday qotib, suvday singib ketgin”, deb duo qilishadi. Qizlari tushgan yerida qiynalmasin, deb unga idish-tovoq, koʻrpa-toʻshak, mebel deganday, jami roʻzgʻor buyumlarini olib berishadi. Katta xarajat qilib, dasturxon bezashadi, kelin boʻlmish ijaraga koʻylak olib kiyadi, uyam falon pul turadi. Qiz yigʻinga yigitlar tashrif buyurgach, ularga ichkilik beriladi. Ichkilik ichib, oʻrtada sakrayotgan yigit-qizlarni onalari ergashtirib kelgan kichkina qizchalaru, hali norasida bolakaylar ogʻzini ochib, «havas» bilan kuzatadi.

Biz – «Jumurtov» ShFY xodimlari ovul oqsoqollari bilan bu borada tez-tez maslahatlashib turamiz. Bobur nomli, “Oq oltin” OFYlari, “Jumurovul” MFY oqsoqollari bilan bir fikrga kelib, qiz ziyofatlarini uy ichkarisida, qizning yaqin oʻrtoqlari, quda tomondan 4-5 qizlar bilan kamchiqim qilib oʻtkazishga kelishib oldik.

Toʻy kungi “gulyanka” muammosini ham hal qilib olsak, koʻpgina koʻngilsizliklarning oldi olingan boʻlar edi. Ichib olgan yosh-yalanglarning mashinalarda oʻzaro poyga oʻynashi yoki yoʻllarda tartibsiz harakat qilishi tufayli qancha yoʻl-transport hodisalari sodir qilinmoqda. Maktab, kollej oʻquvchilarining falon pulga mashina kira qilib, kelin-kuyovlar orasida sayr qilishlari qaysi ota-onaga kerak? Buning oʻrniga kuyov-kelin oʻz yangalari, guvohlari ishtirokida sharʼiy nikoh oʻqitib, keyin FHDYo boʻlimida nikohini rasman qayd qildirsalar, maqsadga muvofiq emasmi? Bola tugʻilgach, unga guvohnoma olish uchun nikohni qayd qildirish kerakligi esiga tushadigan beparvo, loqayd kuyovlar ham bor.

Baʼzi toʻylarda kelin-kuyovning sevgi tarixi ham namoyish qilinmoqda. Axir sevgi tarixi hammaga namoyish qilinadigan, maqtanadigan narsalar emas-ku! Qolaversa, yosh-yalangning “sevgi tarixi” oʻzlari uchun aziz, boshqalarga buni koʻz-koʻz qilish uyat emasmi?

Toʻy bazmi tugagach, kuni boʻyi charchagan yoshlarni yana toliqtirib “choy ichishma” qilish degan urfni ham yoʻqotish kerak. Uning oʻrniga yangalar kelinga yangi uyda oʻzini tutishi, kelinlik odobi haqida tushuncha bersin, togʻalari yigitga kuyovlik odobini ado etishni oʻrgatsin.

Ota-onalar, el ulugʻlari bir yoqadan bosh chiqarib, toʻylarimizni kam chiqim, spirtli ichimliklarsiz oʻtkazsak, hammamiz uchun yaxshi boʻlardi. Bolasining tinch, baxtli yashashini istagan ota-onalar mening fikrlarimga qoʻshilsa kerak. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgustda ziyolilar bilan boʻlgan uchrashuvida toʻy-marosimlarni tartibga solish borasida aytgan soʻzlarini hayotga tatbiq etishda hamma hamjihatlikda harakat qilsak, ayni muddao boʻlar edi.

Amin XOʻJAMUPODOV,

Jumurtov ShFY raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026