Amudaryoda 2017-yilda 570 mln. soʻm evaziga 5,8 kilometr uzunlikdagi kollektorlar qazildi
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “2008-2012-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2008-yil 19-martdagi Qarori asosida Davlat dasturi tasdiqlanib, dasturga asosan tumanimizda “Amudaryosuvmaxsuspudrat” davlat unitar orxonasi tashkil qilingan edi.
Korxona tomonidan 2008-2016-yillarda jami qiymati 30 mlrd. 500,4 mln. soʻmlik, 2184 kilometr uzunlikdagi kollektorlarda 21 ming 299,4 ming kubometr hajmdagi tuproq qazuv ishlari bajarildi va yerning hosildorlik qatlami unumdorligi yaxshilanishiga erishilgan edi.
2017-yilda esa qiymati 570,1 mln. soʻmlik 5,8 kilometr uzunlikdagi kollektorlarda 214,2 ming kubometr qazish ishlari bajarildi.
Shuningdek, Gurlan, Xitoy, “Toʻlqin”, “O.Kokkozov” kollektorlarida va “Shoʻr yop” kanalida katta hajmdagi taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari 232,8 kilometr uzunlikdagi kollektorlarda qazish ishlari amalga oshirildi. Natijada tumanda 6840 gektar yer maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi.
esa oʻz navbatida paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan moʻl-koʻl hosil olish imkonini berdi, korxonaning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. 25 dona zamonaviy texnikalar sotib olindi: 8 ta ekskavator, 4 ta buldezor, 1 ta MAN avtokrani, 1 ta ISUZU rusumli avtobenzavoz, 1 ta KA-704 traktori tralleli bilan va 1 ta texnik yordam mashinalari keltirilgani ish unumi yanada yuqori boʻlishiga zamin yaratmoqda. Korxonada faoliyat yuritayotgan 110 nafar ishchi va xizmatchilarning mehnat va dam olish sharoitlari yaxshilandi.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶