Deputat uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi
OʻzMTDP tuman Kengashi va partiya aʼzolaridan saylangan deputatlar hamkorlikda aholi oʻrtasida turli loyihalar doirasida tez-tez uchrashuv hamda muloqotlar oʻtkazib bormoqda.
Navbatdagi “Uyma-uy” loyihasi doirasidagi uchrashuv xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ravshan Xolmurodov bilan birgalikda Bobur nomidagi ovulda boʻlib oʻtdi.
Deputat Ravshan Xolmurodov hamda ishchi guruh aʼzolari OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Gulzoda Eshimbetova, Bobur nomidagi OFY raisi Tajimurod Jumaniyozov va hududdagi 6-son maktab direktori oʻrinbosari Farhod Nurmonovlar birgalikda xonadonlarga kirib, aholining yashash sharoiti bilan tanishdilar, ularning taklif va muammolarini oʻrgandilar.
Shuningdek, deputat Ravshan Xolmurodov Bobur nomidagi ovulda davom etgan uchrashuvda uyushmagan yoshlar muammolari bilan ham tanishdi. “Seyt ovul” aholi punktida yashovchi Intizor Rahimovaning pazandachilik, tikuvchilik va boshqa ayol-qizlar uchun kerak boʻlgan hunarlarni oʻrgatuvchi oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha kiritilgan taklifi hamda yoshlarning mehnat bandligi borasidagi murojaatlari deputat nazoratiga olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶