21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 02:34
Jamiyat 👁 1,765

Islom Karimov – tom maʼnoda Özbekiston xalqining otasi edi (+video)

Islom Karimov – tom maʼnoda Özbekiston xalqining otasi edi (+video)

 

Buyuk insonlarning xotirasi ham buyukdir. Asrlar davomida xalqimiz qalbida xotirasi öçmas bölib muhrlanib qolgan uluğ ajdodlarimiz nomlarini tilga olganimizda butun vujudimiz faxr-u iftixor tuyğusidan yaşnab ketadi. Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur... Bu röyxat juda uzun. Bu röyxatni tölaligiça butun jahon biladi, havas qiladi. Kimga? Özbek xalqiga, Özbekistonga!

1938-yilning 30-yanvar sanasida özbekning yana bir bölğusi buyuk farzandi dunyoga keldi: Islom Karimov!

Köhna va navqiron Samarqandning boy tarixiy obidalari içida bolalik tuyğulari bilan özi tuğilib ösgan aziz tuproqqa mehri çandon oşgan, aql-idroki tuyğun Islom Karimov umumtaʼlim maktabidagi tahsil davridayoq ötkir zehni, öziga xos qobiliyati, fidoyiligi bilan ustoz va sinfdoşlarining hurmat-eʼtiborini qozondi. “U biror işni bugun qilişi kerak bölsa, zinhor ertaga qoldirmas edi, – deya xotirlaydi I.Karimovning sinfdoş dösti, tarix fanlari doktori Şamsiddin Şaropov. – Islom juda mehnatkaş va katta qobiliyat egasi edi”.

Bölğusi Özbekiston rahbarining ana şu fazilatlari uni bilimdon mutxassis, kuçli va jasoratli şaxs sifatida şakllantirdi. Örta Osiyo politexnika instituti va Toşkent xalq xöjaligi institutlarini muvaffaqiyatli tugatib muhandis-texnik va iqtisodçi mutaxassisliklarini egalladi. Öz faoliyati davomida butun umrini xalq xizmatiga bağişladi. Qayerda vaziyat oğir bölsa, öşa yerda hozir-u nozir böldi. 1991-yil 29-dekabrda bölib ötgan birinçi umumxalq saylovida Islom Karimov Özbekistonning Birinçi Prezidenti etib saylandi. To saylovgaça....

Eh-he, umumxalq saylovigaça Islom Karimov neça-neça siyosiy böhronlarga köksini qalqon qildi. Sobiq ittifoq hududidagi ön beşta respublika rahbarlari içida birinçilardan bölib Özbekistonni mustaqil davlat deb eʼlon qildi.

Öşanda, 1991-yilning 1-sentyabrida biz Özbekistonning navqiron yoşlari edik. Dunyo tsivilizatsiyasiga juda katta hissa qöşgan buyuk bobokalonlarimiz nomlarini tilga olişdan mosuvo, qoliplaştirilgan, töğriroği, Moskva tomonidan tuzilib, tasdiqlangan öquv dasturlari tahsilini olgan, özbek degan buyuk millatning haqiqiy tarixi haqida juda kam tasavvurga ega avlod edik. Şu kundan boşlab nafaqat tasavvurlar, balki hayot özgardi. Odamlar erkini böğib, ularda ijodkorlik, bunyodkorlik, intiluvçanlik fazilatlari rivojlanişiga metin tösiq qöyib kelayotgan mustabidlik, maʼmuriy-buyruqbozlik zanjirlari uzildi. Tilimiz, dinimiz, muqaddas qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Islom Karimov boşçiligida uluğ ajdodlarimiz ruhi makon topgan joylar obod qilindi. “Islohot islohot uçun emas, inson uçun!” tamoyiliga asoslangan taraqqiyotning öziga xos “Özbek modeli” mamlakatni jahon iqtisodiy inqirozidan muvaffaqiyatli olib çiqdi.

Butun dunyoda, ayniqsa, sobiq SSSP hududida iqtisodiy inqirozlar tobora çuqurlaşib, bozor iqtisodiga ötiş davri qiyinçiliklaridan oddiy xalq jabr çekkan yillarni juda yaxşi eslayman. Ayniqsa, oğir damlarda Özbekistonda 2,5 million oilaga 700 ming gektar suğoriladigan hosildor yer tomorqa sifatida berildi. Özbekiston paxtaçiligi sohasida birinçi marta paxta yetiştiriş rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu – özbek dehqoni hayotidagi olamşumul özgariş böldi va paxta yakkahokimligiga keskin çek qöyildi. Aholi tomorqasini, fermerlik harakatini, tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça qabul qilingan hukumat qarorlari xalq hayotini yaşnatib yubordi, turmuş tarzini yangi poğonaga kötardi.

Xalqimiz ana şunday röşnolikka yetgunça elim, yurtim, deb yonib yaşadi.

– Özimning bolalarim! – deb quçoq oçib, sönmas mehr berdi u Özbekiston bolalariga!

– Onalar, eng avvalo ayol-qizlarimiz soğlom, öqimişli, farzandlarimiz barkamol bölsinlar! – deya Özbekiston onalari va bolalari uçun jahon andozalariga mos şart-şaroit yaratişga xizmat qiluvçi Qonunlar, qonunosti hujjatlarini işlab çiqdi, imzoladi, hayotga tatbiq etdi.

– Özbekiston yoşlari, xalqi heç kimdan kam emas va kam bölmaydi! – Dunyo minbarlaridan dadil aytdi Islom Karimov. Va bu juda qisqa vaqt içida amaliy isbotini topdi. Mustaqillik farzandlari özbek xalqini dunyoga tanitdi. Sportda, sanʼatda, ijodda, bunyodkorlik, ilm-fanda yuksak natijalarga erişildi.

– Tinçlik uçun kuraşmoq kerak, bizga tinçlik va omonlik kerak! – Eng nufuzli xalqaro anjumanlarda yangradi Özbekistonning Birinçi Prezidenti I.Karimovning bu sözlari! U butun ongli hayotini millatlararo totuvlik, döstlik va tinçlik riştalarini mustahkamlaşga bağişladi. Pirovardida, bunga erişdi! Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinç va farovon, barça sohalari taraqqiyotga yuz tutgan, I.Karimov taʼbiri bilan aytganda “kelajagi buyuk” davlatga aylandi.

Bunday tökislik, tinçlik va osoyiştalik öz-özidan bölgani yöq. To bu dorilomon kunlarga yetgunça Islom Karimov köplab xunrezliklar, xoinliklarga, yovuzliklarga köksini qalqon qilib çiqdi. Goh Toşkentda, goh Farğonada, Andijonda... Namanganda va Surxondaryoda boş kötarib çiqqan mustaqillik duşmanlari oldiga şaxsan özi, heç qanday qurolsiz, qöriqçisiz, jasorat bilan kirib bordi. Neça martalab birodarkuşlikning, içki nizolarning oldini oldi. Butun vujudi bilan Özbekistonda yaşaydigan 130 dan ortiq millat vakillarini “Xalqim!” deb sevdi. To sönggi nafasigaça Özbekiston xalqiga munosib farzand, adolatli va fidoyi rahbar bölib yaşadi. U özining barça ezgu işlari, puxta öylangan, kelajakni közlab olib borgan içki va taşqi siyosati bilan öz xalqining qalbiga abadiy muhrlandi. Zotan, I.Karimov öz avlodlariga ozod va obod Vatan qoldirdi!

Mamlakatimizning hozirgi rahbari, I.A.Karimovning sadoqatli şogirdi, Birinçi Prezidentimiz boşlab ketgan barça ezgu işlarning izçil davomçisi Şavkat Mirziyoyevning Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş töğrisidagi qaroriga muvofiq har yili 30-yanvar kuni xalqimiz tomonidan Birinçi Prezident xotirasi kuni sifatida keng nişonlanadi.

Öquv muassasalarida, idora va taşkilotlarda, mahallalarda allaqaçon boşlanib ketgan Islom Karimovni xotirlaş keçalarida xalqimiz Özbekistonni kelajagi buyuk yölga olib çiqqan buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ortida qolgan ozod va obod Vatan – Özbekiston taraqqiyotidan, betimsol imkonlaridan söz oçib, ana şunday jannatmakon yurt yaratgan insonni minnatdorçilik bilan yodga olişayotir. Zero, buyuk insonlarning özi kabi ezgu işlari ham, xotirasi ham buyukdir.

Pobiya Yöldoşeva.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026