Amudaryodagi sayyor sudda yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan 14 nafar shaxsning ishi koʻrib chiqildi
Shu yilning 19-yanvarida Mangʻit Iqtisodiyot kollejida xalqimiz tinch-osoyishtaligiga rahna soluvchi salbiy illatlar – jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, xususan, yoʻllarda yoʻl harakati qoidalariga amal qilish, ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalarining sodir boʻlishiga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudining sayyor sud majlisi oʻtkazilib, unda yoʻl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan aniqlangan yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan, spirtli ichimlik ichgan holda transport vositalarini boshqargan 14 nafar shaxsning maʼmuriy ishi ham koʻrib chiqildi va ularga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Buningdek sayyor sud majlislarining aholi ishtirokida ochiq oʻtkazilishi fuqarolarimizning amaldagi meʼyoriy-hujjatlar bilan xabardorligini oshiradi, odil sudlovning tarbiyaviy ahamiyatini yuksaltiradi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶