Inson manfaatlari hamma narsadan ulugʻ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasini tinglagan, oʻqigan har bir yurtdoshimiz juda taʼsirlangani sir emas. Albatta har birimiz maʼruzani diqqat bilan eshitganimiz bejiz emas. Sababi, davlatimiz rahbari oʻz maʼruzasida keltirib oʻtgan barcha fikr va dalillarning hayotiyligini oʻtgan bir yil davomida halqimiz amalda kurdi, oʻz hayotlariga ijobiy taʼsirini sezdi desak toʻgʻri boʻladi.
Islohotlar shiddat bilan va keng qamrovli tarzda yuz bermoqdaki, bugungi kunda islohotlar bilan qamrab olinmagan va islohotlar taʼsiri sezilmagan sohaning oʻzi yoʻq. Qaysi soha boʻlmasin, u sud-huquq sohasi boʻladimi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda boʻladimi mavjud muammo va masalalarning barchasiga qisqa muddatlarda yechim topilmoqdaki buni his qilmay iloji yoʻq.
Bu masalaga Prezidentimizning davlat rahbari sifatiga munosabatini, yaʼni islohotlarning tez va shiddat bilan, natijali amalga oshirish zarurligiga munosabatini, maʼruzadagi “Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun oʻz hayotida his etishlari zarur” degan soʻzlarida koʻrishimiz mumkin.
Jumladan, nuroniylarimizning pensiya taʼminoti masalasi, umuman naqd pul muammosi, xorijiy valyutalarning erkin konvertatsiyasi masalasi, fuqarolarning tinchligi va havfsizligi kabi mamalkatning ichki masalalaridan to tashqi masalalarigacha, yaʼni qoʻshni davlatlar bilan munosabatlardagi oʻzgarishlarni halqimiz bugundan his etib, ushbu ijobiy oʻzgarishlardan bahramand boʻlmoqda.
Ayniqsa demokratik tizimdagi mamlakatning asosiy koʻrsatgichlaridan biri boʻlgan xalq hokimiyatchiligi – konstitutsiyaviy tamoyilining yanada mustahkamlanganligini atab oʻtish joiz. Bu borada yaʼni, fuqarolarimizning davlat organlariga, Prezidentga, Parlamentga murojaat qilish huquqlarini yanada keng taʼminlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan hattoki “manaman” degan demokratik davlatlarda boʻlmagan yangi institutning – Halq qabulxonalarining tashkil etilishi, fuqarolarimizning bu boradigi huquqlarini kengiroq ruyobga chiqarishlariga yoʻl ochish bilan birga mamlakatimizning xalqaro maydonda inson huquqlarining taʼminlanganlik darajasi yuzasidan mavqeining yanada ortishiga toʻrtki boʻldi.
Bu masalada Prezidentimiz oʻz maʼruzasida toʻxtalib, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb eʼlon qilingan 2017-yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulugʻ”, degan gʻoya asosida katta ishlar amalga oshirildi. Bu Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini ruyobga chiqarishda yana bir ulkan qadam boʻldi” deb taʼkidlab oʻtdi.
Muhtaram Prezidentimiz amalga oshirilgan ishlarga baho berib, natijalarni sarhisob qilish bilan birga kelgusidagi amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar, islohotlarni davom ettirishdagi yondashuvlarga toʻxtalib, har bir davlat xizmatchisi uchun dasturilamal boʻluvchi masalalarga tuxtaldi.
Jumladan, Prezidentimiz “biz oʻz faoliyatimizni “Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi” degan shior asosida tashkil etishimiz, xalqimizning faravon hayotini taʼminlash uchun bor kuch va salohiyatimizni ishga solishimiz zarur” deb taʼkidladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qaysi soha va yoʻnalishda islohot yuritilmasin, qanday yangilik, qulaylik, imkoniyat yoki imtiyoz joriy qilinmasin, u eng avvalo, xalqimiz uchun – inson uchun yoʻnaltirilmogʻi lozim, degan tamoyilga rioya etilmoqda.
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarga, ushbu sohadagi natijalarga toʻxtalib, “Ayni vaqtda hammamiz yaxshi tushunamizki, sudning mustaqilligini taʼminlash, uni inson manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylantirish uchun hali koʻp ish qilishimiz zarur” deya alohida taʼkidladi.
Oʻz navbatida mamlakatimizning sud korpusining barcha aʼzolari uchun oʻz faoliyatlarini tanqidiy nuqtai nazarda baholanganligi sifatida qabul qilinishi lozim.
Xulosa qilib, Prezidentimizning maʼruzasida keltirilgan fikr va gʻoyalarni davlatimizning buguni va ertasiga befarq boʻlmagan har bir fuqaro, ayniqsa davlat organlari, sud organlari xodimlari oʻz faoliyatlarimizda amal qilish zarur boʻlgan asosiy yoʻnalish va tamoyil sifatida qabul qilsak maqsadga muvofiq boʻladi deb hisoblayman.
Yerkin UTENIYaZOV, fuqarolik ishlari boʻyicha
Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶