IShLOVChI ShIFOKOR PENSIONERLARGA YaNGILIK
Yakunlangan yilning 29-dekabrida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, tibbiyot tashkilotlarida ishlovchi shifokor pensionerlarga pensiyalari toʻliq miqdorda beriladi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlarning moddiy taʼminlanganligini yaxshilash maqsadida qabul qilingan qaror tumanimizdagi tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan pensionerlarni kelgusida ham oʻz faoliyatini davom ettirishga undasa, ajab emas.
Eslatib oʻtamiz: tumanimizda 41 nafar pensioner shifokorlar mehnat qilishmoqda. Ularning 2 nafari Afgʻon urushi ishtirokchilaridir.
Shuningdek, “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Yurtboshimizning 2017-yil 28-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, Faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar ham endilikda pensiya pulini toʻliq miqdorda oladilar.
Yuksak kasbiy mahoratga, malakaga ega pensioner shifokorlarning oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ragʻbatlantirilishi, shubhasiz, xalqqa tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat etadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶