Vatan himoyachilarini sharaflovchi tadbir
“Qangli” ovulidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida tinchlik, millatalararo totuvlik, oʻzlari tugʻilib oʻsgan mahalla, ovulga nisbatan samimiy mehr-muhabbat tuygʻularini mustahkamlash mavzularida sinflararo koʻrik-tanlovlar, bellashuvlar tez-tez oʻtkazilib turadi.
Shu yilning 16-yanvar kuni maktabda harbiy vatanparvarlik mavzusida, “Vatanparvar oʻgʻlonlar” shiori ostida boʻlib oʻtgan bellashuv ona yurt himoyachilarini sharaflashga bagʻishlandi. Bellashuvda maktabning yuqori sinf oʻquvchilaridan tuzilgan “Temurbeklar” va “Manguberdi” jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. Barcha shartlarni aʼlo darajada bajargan “Manguberdi” jamoasi bellashuv gʻolibi boʻldi.
Tadbir yakunida faol va aʼlochi oʻquvchilar maktab maʼmuriyati va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan taqdirlandi.
Gulchehra Tursunboyeva, “Qangli” ovuli, 29-maktabning “Yosh muxbirlar” posti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶