Bolalar oʻz kun tartibini yaxshi biladilar
Bolalar oʻz kun tartibiga rioya qilishni oʻrgansalar, oilada, maktabda va jamoat joylarida oʻzini qanday tutishni, kimga qanday muomala qilishni yaxshi biladilar.
Qishki taʼtilda miriqib dam olgan 31-sonli maktabning 4-sinf oʻquvchilari qish fasli uchun oʻz kun tartibini tuzib olishdi va rus tili darsida oʻtkazilgan “Rasporyadok dnya” (“Kun tartibi”) mavzusidagi adabiy-musiqiy tadbirda bolalarning namunaviy kun tartibi haqidagi slaydlar, multimeddiyalar namoyishi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ertalabki badan tarbiya, yuvinish, kattalarga salom berish, nonushta qilish odoblari, ozoda kiyinib maktabga borish, oʻquvchilar qoidasiga amal qilish, yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisidagi slaydlar va multimediyalarni tomosha qilgan oʻquvchilar oʻz kun tartibi haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar. Tadbir yakunida oʻquvchilar “Dojdik po zemle” quvnoq ashulasini kuylab raqsga tushdilar.
Nigora Sobirova, 31-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶