“Bilimlar bellashuvi” bilimdonlarni aniqladi
Qishki taʼtil umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari uchun nafaqat maroqli dam olish, balki oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazish uchun ham imkon yaratdi. Tumanimiz maktablarida “Bilimlar bellashuvi”ning birinchi bosiqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Rus tili va adabiyoti fani boʻyicha boʻlib oʻtgan “Bilimlar bellashuvi”ning maktab bosqichida 31-sonli maktabning 5,-6-,7,-8- sinflaridan besh nafar oʻquvchi yuqori natijalarga erishib, bellashuvning tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar. Chunonchi, 5-sinf oʻquvchisi Mashhura Hayitboyeva, 6-sinfdan Maftuna Zarifboyevalarning har biri 78 ball natijaga erishgan boʻlishsa, 7-sinfdan Maftuna Hikmatullayeva hamda 8-sinfdan Shavkat Abdullayevlar oʻz bilimdonliklari bilan tengqurlaridan ancha ustunlikka erishdilar va maktabimizning bu bilimdon oʻquvchilari “Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosiqiga yoʻllanma oldilar.
Barno Yoqubova, 31-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶