MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGASh YIGʻILIShI
2018-yilning 11-yanvar kuni tuman hokimligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishni tashkil etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida mutasaddi idoralar tomonidan 2017-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning yakunlari, sohalarda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni, kelgusida bajarilishi belgilangan vazifalarni muhokama qilish yuzasidan tuman idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Ushbu majlisga tuman prokurori F.Sabirov raislik qildi. Majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi J.Baxitov, tuman hokimi, uning oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining tumandagi boʻlinmalari hamda tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Majlis kun tartibidagi masala yuzasidan rahbarlar va masʼul xodimlarning tushuntirishlari tinglanib, ular tomonidan berilgan takliflari qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶