Vatan himoyachisining rafiqasiman
Mard oʻgʻlonlar Vatanga xizmat qiladi. Besh yildirki, umr yoʻldoshim Ilhombek Haydarov ham el-yurt tinchligi, osoyishtaligi yoʻlida harbiy boʻlib, “Ayoqchi” chegara postida xizmat qilib kelmoqda. Uning egniga harbiy libos kiyib, qoʻlida qurol tutib, yurtni himoya qilayotganidan, chinakam Vatan himoyachisi ekanligidan koʻnglim faxru iftixorga toʻladi.
Davlatimiz tomonidan Vatan himoyachilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Ular uchun bugun malakali tibbiy xizmat, uy-joy va boshqa koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda. Harbiy qismlarda ham xodimlarning maishiy sharotilarini yaxshilashga ahamiyat berilmoqda.
Bunday eʼtibor barcha harbiylar oilalari qatorida bizni ham gʻoyat ruhlantirmoqda.
Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan katta tadbirda harbiylar va shonli armiyamiz sharaflandi. Tadbirda namoyish etilgan tomoshalardan milliy armiyamiz kuch-qudratini yana bir bor his etdim va umr yoʻldoshimning mana shu armiya safida, harbiy qismda mardona xizmat koʻrsatayotganidan faxrlandim.
Nilufar Faxriddinova, QDU matematika fakulteti talabasi, harbiy I.Haydarovning rafiqasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶