“Kafolat” sugʻurta kompaniyasi faoliyatiga ishonch ortmoqda
Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar Strategiyasi doirasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotda, moliya, shu jumladan sugʻurta xizmatlari bozorida oʻzgarishlar vaisllohotlar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Bu oʻz navbatida zamonaviy sugʻurta bozori infartuzilmasini rivojlantirish, raqobatni kengaytirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, yangi sugʻurta mahsulotlarini joriy etish uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Pespublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlariga hamda aholiga maxsus sugʻurta xizmatlarini taqdim etayotgan “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi AJ sugʻurta bozorida alohida oʻringa ega.
2018-yilning 11-yanvar kuni tuman hokimligi binosida 2017-yil 9-oktyabrdagi “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi AJ faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori ijrosini taʼminlashga bagʻishlangan yigʻilishdi sugʻurtalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniya tuzish, sanoat korxonalari va qurilish obʼektlarini barcha tavakkalchiliklardan sugʻurtalashni taʼminlash maqsadida zamonaviy talablar va sugʻurta operatsiyalari boʻyicha xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus sugʻurta mahsulotlarini taqdim etish, investitsiya loyihalarini sugʻurtalash, aholining sugʻurta va sugʻurta tashkilotlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash hamda sugʻurta bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar haqida soʻz yuritildi. Yigʻilishda “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlimi “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi rahbarlar, tumandagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariraislari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqituman Kengashi masʼul xodimlari hamda tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Pespublikasi “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi rahbari Saidolim Nasriddinov, Kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi filiali raisi Bahodir Esonqulov, hududlarni rivojlantirish Deportomentidan Zafar Alimov hamda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshevlar sugʻurta bozoridagi yangiliklar, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi AJning muhim faoliyat yoʻnalishlari haqida yigʻilish ishtirokchilariga keng tushunchalar berdilar.
P.Yoʻldosheva.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyaga ega.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶