ENG YaXShI BILBORD (BANNER) TANLOVIDA QATNAShING VA GʻOLIB BOʻLING!
Bundan bir oy avval, 2017-yilning 1-dekabr sanasida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish doirasida sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida mamlakatimizning 8 ta mintaqasi uchun eng yaxshi banner dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi. “Milliy turistik mahsulotni targʻib qilish” Davlat unitar korxonasi tashabbusi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbariyatining qarori bilan tashkil etilgan tanlovning dastlabki eng yaxshi dizaynerlik gʻoliblari aniqlandi Yangi yil bayrami arafasida Turzimni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binosida 7 nafar rassom va dizaynerga mukofotlar topshirildi.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” Milliy dasturi doirasida eng yorqin banner dizaynini yaratish boʻyicha tanlov 2018-yilning 15-yanvarigacha davom etishi belgilangan. Ushbu tanlovda barcha qiziquvchilar, shu jumladan tumanimizda yashab ijod etayotgan rassom va dizaynerlar ham yuqoridagi mavzu boʻyicha oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, tanlov boʻyicha barcha maʼlumotlarni www.uzbekturizm.uz. saytidan olish mumkin.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶