Amudaryolik oʻquvchilar Nukusga sayohatga borishdi
Muhtaram Preziyentimiz tashabbuslari bilan eʼlon qilingan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida mamlakatimizda ichki turizm yoʻnalishi kundan-kunga rivojlanmoqda. Bu umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining qishki taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishlarida muhim omil boʻldi.
Tuman XTMFMTTE boʻlimiga qarashli 11-sonli, 46-son hamda 15-sonli maktablarning 120 nafar oʻquvchilari uchun ham maroqli sayohat uyushtirildi.
Oʻquvchilar respublikamiz poytaxti Nukus shahrida sayohatda boʻldilar. Ular Savitskiy nomidagi oʻlkashunoslik muzey eksponotlari, Doʻstlik kanali boʻyida barpo etilgan istirohat manzillar Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi , shoir Berdaq nomidagi muzey bilan yaqindan tanishdilar. Nukus shahrining diqqatga sazovor joylarini borib koʻrdilar.
Shuningdek, 60 nafar xalq taʼlimi tizimi xodimlari uchun tarixiy Xiva shahriga ham sayohat uyushtirildi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶