Jamiyat
👁 839
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinmoqda
Tumanimizda isteʼmolchilar huqularini himoya qilish borasida koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti.
Oʻtgan 2017-yil davomida tuman isteʼmolchilari huqularini himoya qilish jamiyatiga 39 ta yozma va 6 ta ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning koʻpchilik qismini savdo-sotiq, tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminoti, soliqlar hamda maishiy xizmat koʻrsatish sohalariga doir arizalar tashkil etadi.
2017-yil davomida mana shu murojaatlarning oʻz vaqtida va qonunlarimiz talablari darajasida koʻrib chiqilishi tufayli foydalanilgan tabiiy gaz va elektr energiya uchun isteʼmolchilardan undirilib, oʻzlashtirib yuborilgan hamda noqonuniy undirilgan jami 5949000 soʻm pul oʻz egalariga qaytarildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶