Jamiyat
👁 915
100-yildan soʻng Marsda odam tugʻilishi mumkin
Marsga odamlarning ilk ekspeditsiyasi tobora haqiqatga yaqin boʻlib bormoqda. Chunki ushbu tashabbusni amalga oshirishga harakat qilayotgan kishilar soni kun sayin ortayapti. Shundan kelib chiqib olimlar Marsdagi ilk odam 100-yildan soʻng dunyoga keladi degan toʻxtamga keldi.
Baʼzi olimlar koʻplab yetakchi kompaniyalar sayohatni hozir ham amalga oshirish mumkinligini taʼkidlayotgani notoʻgʻri ekanini aytishmoqda. Boisi Qizil sayyoraga ekspeditsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kosmik sohaga yanada rivojlangan texnologiyalar zarurligi, buni ishlab chiqarish uchun esa 50-100-yil vaqt ketishi mumkin.
Ilon Mask esa nafaqat odamlarni tashuvchi kosmik kemani hammadan birinchi boʻlib yaratish, balki ularni Qizil sayyoraga uch oydan kam muddatda yetkazishni vaʼda qilmoqda.
Aslida mutaxassislarni kosmosga sayohat qilishdan toʻxtatib turgan yagona narsa – yerliklarning himoyasizligi boʻlib turibdi. Odamlarni kosmik makonning zararli taʼsirlaridan himoya qilish usuli topilsa, Marsga uchishni tashkil etish oldidagi toʻsiq oʻz-oʻzidan yoʻqoladi.
Shuningdek, gravitatsiya maydonini qanday qilib yaratishni ham oʻylab topish kerak. Mutaxassislar bunday qiyinchiliklarni yengib oʻtishda ancha muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, gravitatsiyani inertsiya kuchi orqali ham paydo qilish mumkin. Bunday holatda odamlarning Marsga joylashishi kamida 50-yildan soʻng amalga oshiriladi, ilk odam esa 100-yildan keyin tugʻiladi.
OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶