Jamiyat
👁 1,073
4-5-yanvar kunlari Qoraqalpogʻistonda yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda
4-5-yanvar kunlari Kavkaz mintaqasidagi nam va nisbatan sovuq havo oqimlari Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi kuzatiladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzgidromet maʼlumotiga asoslanib xabar qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7 darajadan -3 darajagacha pasayishi va yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s (25-43 km/s)ni tashkil etadi.
"Qamchiq" dovonida ob-havo oʻzgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, havo harorati kechasi -3...-8, kunduzi 0...-5 darajagacha sovuq boʻlishi kutiladi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 15-20 m/s (54-72 km/s) gacha kuchayishi mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶