Havo yoʻllari orqali xorijga chiqayotgan yoki respublikamizga kirib kelayotganlar diqqatiga! (+video)
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab respublikamizning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizim ishga tushirilayotganidan xabardormisiz?
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida joriy qilinayotgan ushbu yangilik fuqarolar, ayniqsa yurtimizga kelayotgan sayyohlarning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish jarayonini yanada tezlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.
Buning uchun xalqaro aeroportlarda jismoniy shaxslarning bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish boʻyicha “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
Endilikda yoʻlovchilar bojxona amaliyotlarini amalga oshirishda notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yoʻlakni mustaqil ravishda tanlaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶