17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:18
Jamiyat 👁 1,307

«XALQIMIZ EPTAGA EMAS, UZOQ KELAJAKDA EMAS, AYNAN BUGUN OʻZ HAYoTIDA IJOBIY OʻZGAPIShLAPNI KOʻPIShNI ISTAYDI»

«XALQIMIZ EPTAGA EMAS, UZOQ KELAJAKDA EMAS, AYNAN BUGUN OʻZ HAYoTIDA IJOBIY OʻZGAPIShLAPNI KOʻPIShNI ISTAYDI»

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi  yurtdoshlarimiz tomonidan qizgʻin oʻrganilmoqda

Maryam Ahmedova, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi:

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini bevosita videotizim orqali chuqur hayajon bilan tingladim. Bunday Murojaatnoma  mamlakatimiz tarixida ilk bora taqdim etilayotgani va unda barcha sohalar qamrab olingani bilan kishini juda hayratga soladi, yurtimizning bugungi va ertangi kuni koʻz oldimizda namoyon boʻladi.

Davlatimiz rahbarining ayollarning ogʻirini yengil qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga farzand tarbiyasida chin maʼnoda koʻmaklashish orqali ularning oʻzi uchun ham yashashiga imkon yaratish borasida qiladigan ishlarimiz koʻpligi haqida juda ham kuyunib gapirishlari,   yurtimizdagi har bir ayolning, onaning ichki kechinmalari, yashash sharoitlari, oʻy-fikrlarini xuddi yonida turgandek tahlil qilib berishlarini koʻrib, koʻzlarimga kelgan yoshni arang toʻxtatdim. Qanchadan-qancha sohalar, yoʻnalishlar, yechimini kutayotgan qancha masalalar turibdi. Lekin Muhtaram Prezidentimizning eng avval ayollar masalasiga, muammosiga  toʻxtalgani bu sohaning oʻta dolzarb ekanini koʻrsatadi. Chunki Oʻzbekiston aholisining deyarli yarmini ayollar tashkil etadi va kelgusi avlod tarbiyasi ham ayollarga bogʻliq.

Bu borada Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boʻlimlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Xotin-qizlar qoʻmitalarining olib borayotgan ishlari qoniqarli boʻlmayotgani, ularning oʻz vazifa va maqsadlarini yetarli darajada tushuna olmayotgani, har bir ayolning dardini oʻz dardi deb his qila olmayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Tumanlarda hali bu borada foydalana olmayotgan imkoniyatlarimiz koʻp. Fidoyi, vatanparvar, ishbilarmon, katta hayotiy tajribaga ega ayollarimizning kuchidan yetarli foydalandikmi? Yoki koʻzi yonib turgan, bilimga, ilmga chanqoq, yangilikka intiluvchan yosh qizlarimizni qay darajada qoʻllab-quvvatlab, oʻstirishga harakat qilayapmiz?  Ularning kuchidan oilalarni oʻrganish, muammolarni birgalikda hal etishda qanday foydalana oldik? Tegishli idora, tashkilot rahbarlari oldiga ayollar masalasini hal qilmasa boʻlmaydigan darajada koʻndalang qoʻya oldikmi? Agar toʻliq foydalana olsak,  imkoniyat ham, vakolat ham bor.

Tumanimiz aholisi 190 mingdan oshgan boʻlsa, shundan 94 mingdan ziyodini ayollar tashkil etadi. 41 mingdan ortiq oila mavjud. 2017-yil davomida olib borilgan faoliyatimizni tahlil qilsak, albatta, samarali natijalar ham boʻldi. Tumanda oʻtgan yil bilan solishtirganda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari 56 foizga kamaygan boʻlsa, oʻz joniga qasd va suiqasd etish holatlari  65 foizga kamayishiga erishildi. Tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan ayollar soni va ularga ajratilgan kreditlar miqdori oshdi. Nogironligi boʻlgan ayollarning turmush sharoitlarini yaxshilashda samarali ishlar amalga oshirildi. Oilalarni maqsadli oʻrganish tizimi yaratildi.

Lekin, tumanimiz ayollaridan hali Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaati toʻxtamayotgan ekan, demak, olib borayotgan ijobiy ishlarimiz bilan birga  kamchiliklarimiz ham koʻp.  Bitta ayol jinoyat sodir etar ekan, yoki bitta ayol oʻz joniga qasd etar ekan, hali faoliyatimiz toʻlaqonli emas. Bir nafar ayol ogʻir sharoitda yashar ekan, hali vakolatimizni tushunib yetmayapmiz.

2018-yilning  yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» deb eʼlon qilinishi munosabati bilan xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish va shu orqali ular bandligini taʼminlash, natijada turmush sharoitlarini yanada yaxshilash eng asosiy vazifalardan biridir. 

Ishimizni sifat va mazmun, samara va natija jihatdan qayta koʻrib chiqishimiz, masʼuliyat, javobgarlikni  yanada oshirishimiz, eng muhimi, fidoyi boʻlib, har bir ayolning dardu tashvishini oʻz yuragimizdan oʻtkazib mehnat qilishimiz, har bir ayol yurtimizda boʻlayotgan yangilanishlar, islohotlar natijasini bugun sezishi, har bir ayol ertani kutib emas, bugun yaxshi yashashi kerak degan tamoyil bilan  xizmat qilish har birimizning  eng muhim burchimiz va vazifamizga aylanishi kerak.

***

Nasiba SOBIPOVA, 4-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi:

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini butun Oʻzbekiston ahli qatori men ham zoʻr qiziqish bilan tingladim. Mazkur Murojaatnoma tobora rivojlanib, yuksalayotgan mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiquvchi hujjat boʻldi, desak aslo xato boʻlmaydi.

Barcha sohalar qatorida maktabgacha taʼlim tizimiga ham alohida eʼtibor qaratilganidan soha xodimi sifatida juda ruhlandim. Prezidentimiz Murojaatida taʼkidlaganlaridek, taʼlim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga koʻtarishimiz lozim. Chunki, biz tarbiya qilayotgan yosh alvod tarbiyasi Vatanimiz kelajagi uchun muhim. Biz munosib qilib tarbiyalagan har tomonlama yetuk, barkamol farzandlargina yurt kelajagini yarata oladi.

Davlatimiz rahbarining tizimni yanada takomillashtirishga qaratgan eʼtiborlari tufayli yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, bu borada jonbozlik koʻrsatish – bizning vazifamiz. Prezidentimiz sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yaqin yillarda koʻplab bogʻchalar qurilishini ham taʼkidlab oʻtdilar. Bu kelajakda sohadagi islohotlar koʻlamining yanada ortishidan dalolat beradi. Oʻz navbatida soha xodimlari sifatida bu jarayonga biz ham munosib hissa qoʻshishimiz va masʼullikni yanada kuchaytirishimiz, faollik koʻrsatishimiz darkor.

Aminmanki, bu Murojaatnoma har bir yurtdoshimiz qalbida Vatanimizning ertangi kuniga, buyuk kelajagiga ishonchini yanada mustahkamladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026