9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Yangi yil
Yangi yil barchamiz uchun orziqib kutilgan sevimli bayram. Uni ayniqsa, bolajonlar oʻzgacha quvonch bilan kutishadi. Archa atrofida aylanib, turfa ertak qahramonlarini tomosha qilishadi. Qorbobo va Qorqizdan sovgʻalar olishadi. Bugun tumanimizning har bir hududida mazkur bayram oʻzgacha kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Xususan, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham Yangi yil bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi. Maktab maʼmuriyati yakunlanayotgan yilga mantiqiy yakun yasab, oʻquvchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi. Tadirda maktabdagi iqtidorli oʻquvchilar, ijodiy jamoalari oʻzlari tayyorlagan tomoshalari va kontsert dasturi bilan chiqishlar qildi.
Bir-biridan qiziqarli, moʻʼjizalarga boy sahna koʻrinishlari, kichkintoylar ishtirokidagi turli oʻyinlar, savol-javoblar topqir, ziyrak, bilimdon bolajonlarning bilimlarini sinovdan oʻtkazish bilan birga, ularni hayratlantirdi. Bayram dasturi musiqa vasanʼat maktabida tahsil oluvchi oʻgʻil-qizlarning dunyoqarashini kengaytirish, salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶