“Istiqlol” toʻyxonasida Yangi yil bayrami (+video)
Tumanimizdagi “Istiqlol” toʻyxonasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbir toʻyxona maʼmuriyati tomonidan 6-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi va 30-sonli maktab bolajonlariga bayram sovgʻasi sifatida tashkil qilib berildi.
Tadbirda bolajonlar Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertak qahramonlari bilan bayramona bezatilgan archa atrofida shoʻx-shodon raqsga tushdi, sheʼrlar aytdi, kuy-qoʻshiqlar kuyladi.
Bolajonlar yuzidagi tabassum, koʻnglidagi quvonchni koʻrib, beixtiyor havasingiz keladi. Ular yurtimiz kelajagi. Bugun bolalarcha soddalik va samimiyat bilan moʻʼjizalarga ishonayotgan bolajonlar ertaga oʻzlari moʻʼjizalar yaratadi. Ilm olib, kasb-hunar egallab, mustaqil Vatanimizning yorugʻ kelajagini bunyod qilishadi. Qorbobo va Qorqizdan sovgʻalar, Yangi yildan moʻʼjizalar kutayotgan barcha bolajonlarga bayram qutlugʻ boʻlsin, deymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶