17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:18
Jamiyat 👁 1,583

Orolni qutqarish mumkin…mi?

Orolni qutqarish mumkin…mi?

Koʻp yillardan buyon qishloq xoʻjaligi sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan davlat arbobi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimovni xalqimiz Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bilan shugʻullanib kelayotgan olim sifatida yaxshi taniydi.

Yetmish yoshni qarshilagan el oqsoqoli – tinib-tinchimas odam. U juda band inson boʻlishiga qaramasdan, Qoraqalpogʻiston axborot agentligi sharhlovchisi bilan ilmiy yangiliklarini boʻlishishga rozi boʻldi.

– Maqsud Yuldashevich, Orol fojiasi natijasida birinchi navbatda xalqimiz, soʻngra butun dunyo jabrlanayotgani bot-bot takrorlanib kelinmoqda. Uning oqibatlarini yengillashtirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar olib borildi. Xoʻsh, ahvol oʻzgardimi?

– Birinchidan, Orol dengizining suvi tortilib, qurigan qismida yangi tuproq qatlamining paydo boʻlish jarayoni ketmoqda. Tabiiy tarzda oʻt-oʻlanlar oʻsib chiqmoqda. Demak, qurib qolgan maydonlar zaharli chang-toʻzonlardan tozalanib, bu yerdagi tuproq hosildorligi ortmoqda. Ikkinchidan, hozirgi paytda suvsizlanib qolgan maydonlarda yuz minglab gektar yerlarga oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan oʻsimliklar (saksovul, qandim va hokazo) ekilib, oʻrmonlar barpo etilmoqda. Orol dengizining 5,5 million gektar maydonidagi qurib qolgan yerlarning kamida 3,5 million gektar yerida tabiatning kuchi bilan oʻt-oʻlanlar oʻsib ketsa, bu yerlarda ulkan yaylov maydonlari paydo boʻlishi mumkin.

Hozirgi paytda ekologik vaziyatlar sababli Qizilqum va Ustyurt yaylovlarining tabiiy hosildorligi kamayib bormoqda. Shu sababli dengizning suvsiz maydonlarini chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanish kelajakda dolzarb muammoga yechim boʻla olar edi. Bu choralar uzluksiz amalga oshirilsa, hududdagi ekologik ahvol ham yaxshilanishi kutilmoqda.

– Oʻt-oʻlan oʻsmaydigan yerlarda chang-toʻzon hali ham koʻtarilishda davom etmoqdami?

– Buning ham chorasi topildi. Yaqinda Qoraqalpoq davlat universitetining Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti Maxmud Allamuratov ilmiy yangilik – dengizning oʻsimlik oʻsmaydigan qumli yerlarida qumlarning koʻchishini toʻxtatish uchun sepiladigan (purkaladigan) kimyoviy birikmani ixtiro qildi. «Amu 1», «Amu 2» nomi berilgan ushbu birikmalar qumning yuzasini 8 millimetr qalinlikda qotirib tashlaydi. Har yomgʻir yogʻishi birikmaning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
– Orol dengiziga suv olib kelishning imkoni bor ekan. Siz yaqinda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyada shu masalani koʻtargan edingiz. Demak, dengizni toʻldirish mumkin, shundaymi?

– Jizzaxda katta koʻllar tizimi bor. 1969-yili Sirdaryo suvining toʻlib, 21 kub kilometr suvning qirgʻoqlaridan chiqib ketishi natijasida paydo boʻlgan ushbu Aydar-Arnasay koʻllar tizimi hozir Qizilqumni botqoqlikka aylantirmoqda. Chunki, 1993-yildan buyon bir necha bor Sirdaryoning ortiqcha suvi shu koʻllarga quyilib, koʻllar tizimining maydoni yildan-yilga kattalashib bormoqda. Uning suvini bekorga choʻlga oqizib yuborilgandan koʻra, Orol dengiziga quyishning chorasi koʻrilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Bundan, albatta, dengiz toʻlib qolmaydi, lekin uning minerallashuv (tuz koʻlamining ortishi) darajasining pasayishiga xizmat qiladi.

photo5341465176530069663.jpg

 
– Nima sababdan Sirdaryoning suvi hali ham bu koʻllar tizimiga kelib quyilmoqda?

– Sirdaryoning suvi Qozogʻiston tomondagi dambadan toʻliq oʻtmaydi. Dambadan suvning hammasi oʻtib ketishi hisobga olinmagan. 1969-yili bu koʻllarning umumiy maydoni 2 ming 175 kvadrat kilometrni tashkil qilgan boʻlsa, hozir 4 ming kvadrat kilometrdan ortib ketdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, 200 ming gektar yaylovlar suv ostida qolgan, suv quduqlari, baliqchilarning yashash joylari yuvilib ketgan, Qizilqum choʻlini botqoqlik egallab bormoqda. Hozir bu koʻllardagi suv yuzaga kelgan vaqtdagidan 3 barobar koʻpayib ketdi. Bundan tashqari yer osti suvlarining, kollektor-drenaj suvlarining ham shu yerga toʻplanishi koʻllar tizimining tuzlanish darajasini yanada orttirmoqda.

– Aydar-Arnasay koʻllar tizimi Orol dengizi tomon yoʻnaltirildi ham deylik. Keyin shu yerda baliqchilik bilan kun kechirayotgan xalqning ahvoli qanday boʻladi, shuningdek, koʻllardagi baliqlar, tirik jonzotlarga nima boʻladi? Bu jarayon shu hududdagi iqlimning oʻzgarib ketishi
ga olib kelmaydimi?

– Ilgari ham aytganimdek, koʻllarning maydoni ortgani sari koʻplab yaylovlar, qamishzorlar va oʻrmonlarni suv bosib bormoqda. “Oʻzgidromet”ning, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi baliqchilik Markazining oʻtkazgan tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, suv ostiga choʻkkan qamishlar bilan daraxtlar koʻllarning tubida chirib, serovodorod qatlamini paydo qilmoqda. Bu qatlam koʻllardagi barcha jonzotlarning yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻladi. Maʼlumotlarga qaraganda, 3 metr chuqurlikda zaharli ammoniy azoti borligi, ayrim joylarida umuman kislorodning yoʻqligi aniqlangan.

Nima boʻlganda ham, suv cathining bundan ham koʻtarilishi (hozir maksimal koʻrsatkichga yetgan – dengiz sathidan 275,5 metr baland) Markaziy Osiyoning qoq markazida ekologik falokatning yuz berishiga olib keladi. Chunki koʻllardagi tuzlarning koʻtarilishi va Tyan-Shan muzliklariga tushishi natijasida ular jadal tarzda erishni boshlaydi. Shu koʻllarga yaqin masofada joylashgan zaharli kimyoviy moddalar saqlanib kelayotgan joylar, qum barxanlari suv tagida qolishi ehtimoldan holi emas. Suvning koʻtarilib-qaytishi elektr uzatish liniyalarining koʻpchiligini suv ostida qoldirmoqda. Shuning uchun koʻpchilik ferma va aholi yashash punktlari elektrsiz qolmoqda.

Aydar-Arnasay koʻllari akvatoriyasining koʻpchilik boʻlagi baliq ovlash uchun foydalanilmaydi. Davlat bionazorat tomonidan tayyorlangan hisobotda koʻllarni ijaraga olgan Jizzax viloyatining fermerlari tomonidan koʻllar tizimining faqatgina 41,1 foizi foydalanilayotgani aytilgan. Ijarachi-fermerlarning koʻpchiligi ovlangan baliq sohaga sarflanayotgan xarajatni qoplamasligini aytib, faoliyatini toʻxtatmoqda. Tadqiqotlar har biri 50 metrlik 30 toʻrga 20-25 kilogramm baliq tushishini koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining «Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhitning va tabiiy resurslardan foydalanishning ahvoli toʻgʻrisida»gi milliy bayonnomasida aytilishicha, agar Aydar-Arnasay koʻllar tizimiga har yili toza suv kelib quyilmasa, minerallashuv darajasi koʻtarilib boradi va suv havzasi ikkinchi Orolga aylanib qoladi.

Professorning fikricha, janubiy Orolbuyi hududlaridagi ekotizimda yuz berayotgan hodisalarni, ekobiologik jarayonlarni mukammal oʻrganadigan vaqt kelgan. 
 
M.Pirnazarova,
Qoraqalpogʻiston axborot agentligining sharhlovchisi
 

 

OʻzA
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026