DUNYoDAGI ENG BAXTLI YoŞLARMIZ
Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab işlari davlat nazoratidadir.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi.
Men umumtaʼlim maktabining 9-sinfini tugatiş arafasida edim. Nafaqat men, balki ota-onam ham maktabni tugatganimdan söng qayerda, qaysi kasb-hunar kollejida tahsilni davom ettirişim haqida tinmay boş qotirardik. Şunday kunlarning birida muhtaram Prezidentimiz 11 yillik taʼlim tizimini qayta tiklaş fikrini ilgari surdilar. Yurtboşimizning bu fikrini nafaqat mening ota-onam, balki barça yurtdoşlarimiz mamnuniyat bilan kutib oldilar. Çunki biz yaşaydigan “Çoqça” mahallasi “Çoyköl” ovulining Turkmaniston Respublikasi bilan çegara hududida joylaşgan, mabodo, biron kasb-hunar kollejiga öqişga joylaşsam, kamida 10-15 çaqirim masofaga qatnaşimga töğri kelar, öqiş uçun sarflaşim mumkin bölgan qimmatli vaqtimning asosiy qismi yöl yuriş bilan ötib ketardi.
Hozirgi kunda nafaqat men, balki barça sinfdoşlarim özimiz uçun qadrdon bölgan 22-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olmoqdamiz.
Mamlakatimizda biz yoşlarning öz qobiliyat va iqtidorlarimizni namoyon etişimiz uçun barça qonuniy asoslar yaratib berilgan. Baʼzan internet tarmoqlarida, televideniye orqali namoyiş etilayotgan ayrim xorij davlatlaridagi tengdoşlarimiz hayoti haqidagi maʼlumotlarga közim tuşib, biz Özbekiston yoşlari naqadar baxtli ekanligimizni his etaman. Bizning bepul bilim oliş huquqimiz Konstitutsiyamizda mustahkam kafolatlab qöyilganligi, şaxsan Prezidentimizning özlari har bir bolaning, yoşlarning baxt-saodati, kelajagi uçun qayğurib, ğamxörlik qilayotganining özi qalbimizga iftixor bağişlaydi.
Men Konstitutsiyaviy huquqimdan töla foydalangan holda, özim xohlagan ilm maskanida, 10-sinfda tahsil olmoqdaman. Ikkita şeʼriy töplamim naşrdan çiqdi. Maktabimizda öz iqtidorimni namoyon etişim uçun barça şaroitlar muhayyo. Biz yoşlar – dunyodagi eng baxtli insonlarmiz.
Umida YeRDOŞEVA, 22-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶