Qonlikoʻlda aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga koʻmir va qattiq yonilgʻi uzluksiz yetkazib berilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-iyun kungi «Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarni 2017-2018-yillari kuz-qish mavsumida doimiy ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari haqida»gi qarori asosida Qonlikoʻl tumanida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy obʼektlarning kuz-qish mavsumini muommasiz oʻtkazish maqsadida, tuman xududidagi tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarufidagi umumtaʼlim maktablari bilan maktabgacha taʼlim muassasalari va tibbiy xizmat koʻrsatish idoralariga siiatli koʻmir va koʻmir briketi yetkazib berish ishlari amalga oshirildi, deya xabar qilmoqda tuman hokimligi.
Ishlar jarayonida, Qonlikoʻl tuman xalq taʼlimi boʻlimi tassarufidagi 23 ta umumtaʼlim maktablari bilan 11 ta maktabgacha taʼlim muassasasiga jami 227 tonna qattiq yonilgʻi (145 tonna koʻmir, 82 tonna koʻmir briketi) mahsuloti yetkazib berildi. Shuningdek, tuman markazidagi koʻp tarmoqli poliklinika va tibbiyot birlashlashmasi bilan qishloq vrachlik punktlariga jami 5 tonna qattiq yonilgʻi (koʻmir va koʻmir briketi) mahsulotlari tarqatildi.
Shuning bilan birga, tuman ahlining qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazish uchun 1 tonna koʻmir uchun 146 400 soʻm, koʻmir briketi uchun 238 000 soʻm etib belgilangan bahoda qattiq yonilgʻi mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶