ASR VABOSI – HAYoT KUŞANDASI
Bugungi kunda butun jahonda OIV infektsiyasi insoniyatning hayotiga tahdid qilayotgan eng katta xavfdan biridir.
Aholi orasida OIV infektsiyasini yuqtirganlar özining kasalligini atrofdagilarga bildirmaslikni afzal körişmoqda. Şundan kelib çiqib, OIV infektsiyasi bilan kasallangan kişi zimmasiga kasallik virusini boşqa odamga qasddan yuqtiriş xavfi yuzaga kelgan taqdirda qonun oldida javobgarlik masʼuliyati yuklanadi. Vaholanki, OIV infektsiya-sining yuqişi, eng avvalo, odamning xulq-atvoriga boğliq bölib, bu narsa har bir inson tomonidan nazorat qilinişi şart.
OIV infektsiyasi 3 ta yöl bilan yuqişi tasdiqlangan:
– OIV infektsiyali şaxs bilan jinsiy aloqada bölganda;
– parenteral yöl – yaʼni OIV mavjud bölgan qon va uning komponentlari quyilganda, aʼzo va töqimalar transplantatsiyasida, ekstrakorporal uruğlantiriş ötkazilganda, bir marta işlatiladigan tibbiy asbob va anjomlar qayta işlatilganda, sterillanmagan tibbiy anjomlari (ginekologik, stomatologik, jarrohlik va boşqalar)dan foydalanilganda, giyohvand moddani köp şaxs tomonidan bitta şprits bilan inʼektsiya qilganda, sterillanmagan sartaroş ustarasidan foydalanganda, tatuaj va persing işlari sterillanmagan holatda işlatilganda;
– vertikal yöl orqali – OIV infektsiyasi onadan homilaga homiladorlik davrida, tuğiş paytida va emizişda yuqadi.
Kasallikning yaşirin davri – OIV infektsiyasini yuqtirib olgandan keyin xeç qanday klinik belgilarsiz 8-12 hafta, hatto 5-10 yilgaça davom etişi mumkin.
Öz meʼyorida işlab turgan immunitet tizimi yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi, lekin virus vaqt ötişi bilan qonda köpayib, asta-sekin immunitet tizimini işdan çiqaradi, borib-borib bu muvozanat buziladi, maʼlum darajaga yetgandan keyin OITS kasalligi boşlanadi. OIV infektsiyasining dastlabki klinik körinişi grippga xos belgilar bilan keçadi. Bunda kamquvvatlik, iştahaning pasayişi, köp terlaş, tana haroratining kötarlişi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalaşuvi kuzatiladi. Böğimlarda oğriq, bemor terisida har xil toşmalar paydo böladi, yötal va sababsiz iç ketişi boşlanadi, bu hol uzoq davom etadi. Bemor kasalliklarga çalinuvçan bölib qoladi.
Kasallikka çalinmaslikning eng maqbul yöli bu – soğlom turmuş tarziga amal qilişdir. Ana şunda har qanday yuqumli kasallikning oldi olinadi va jamiyatda barqarorlikka erişiladi.
X.ERMATOVA, tuman OITS
laboratoriyasi mudirasi.
G.TAJIBOYeVA, tuman DSENM
epidemiologiya bölimi mudirasi,oliy toifali epidemiolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶