FHDYo bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi
1-dekabr kuni tumanimizda fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimining yangi binosi qurilib, foydalanişga topşirildi. Zamonaviy va milliy arxitektura uyğunligida barpo etilgan "Baxt uyi” majmuasining körkam va şinam binosi "Quriliş xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari tomonidan 6 oy muddat içida qurib bitkazildi. Quriliş işlariga 1 mlrd. 254 mln. söm mablağ sarflandi. Majmuaning muhtaşam binosida nikoh marosimlarini qayd etiş zali, "Oila dorilfununi”, hujjatlarni saqlaş va şu kabi boşqa xonalar, şuningdek, davlat Notarial idorasi xonasi zarur jihozlar bilan taʼminlangan.
Yangi binoning oçilişi marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi boşliği Sağindiq Turmanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya Vaziri Jangabay Sodiqov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda boşqalar iştirok etdilar. Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar mamlakatimizda adliya tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, sohaga qaraşlimuassasalarning moddiy-texnika bazasini yaxşilaş böyiça qilinayotgan işlarga keng töxtaldilar.
– Joylardagi kabi tumanimizda ham inson manfaatlarini taʼminlaş maqsadida "Baxt uyi” uçun zamonaviy va muhtaşam bino bunyod etildi, - deydi tuman FHDYo bölimi mudirasi Sanobar Xolboyeva. – Bu aholiga tezkor va sifatli xizmat körsatiş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi. Yangi binoda yaratilgan şaroit va imkoniyatlar bizni astoydil va masʼuliyat bilan işlaşga ruhlantirmoqda.
Şu kuni "Baxt uyi”da dastlabki yoş oilaning nikohini qayd etiş marosimi bölib ötdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶