Xalqaro koʻzi ojizlar kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi (+Video)
13-noyabr – Xalqaro koʻzi ojizlar kuni munosabat bilan tumanimizda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi, tuman xalq taʼlimi boʻlimi, tuman "Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Koʻzi ojizlar jamiyati va Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji homiyligida "Kitob – qalb nuri” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda oʻn olti yoshgacha boʻlgan 20 nafar koʻzi ojiz va imkoniyati cheklangan bolalar hamda ularning ota-onalari, oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Tuman Nogironlar jamiyati tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirni Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktori Maqsud Yoʻldoshev ochib berdi va bugungi kunda yurtimizda koʻzi ojizlarga, nogironlarga boʻlgan katta eʼtibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirdi.
Insonlarni ezgulikka, mehr-oqibatga chorlaydigan ertaklar asosida sahnalashtirilgan qoʻgʻirchoq teatri davraga oʻzgacha shukuh va bayramona kayfiyat olib kirdi. Qoʻgʻirchoq teatridan keyin 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ishtirokidagi musiqiy dasturi namoyish etildi. Tadbir soʻnggida ishtirok etgan 20 nafar imkoniyati cheklangan bolalarga homiylar tomonidan sovgʻalar topshirildi. Xayriya tadbiri imkoniyati cheklangan, nogiron insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotga, yashashga boʻlgan qiziqishini oshirish, qalbida Vatanga dahldorlik hissini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶