AYoLNING BIR SOAT UMRI
Ayol shahd bilan oʻrnidan turdi. U oʻylab boʻldi, oxirgi toʻxtamga keldi: "Ajrashaman”. Doʻkon eshigini qulfladi. "Kim nima desa desin, ajrashaman...”
U ham odam edi...
Oʻzing sevib tekkan eding, deguvchi yaqinlariga, gʻiybat talab qoʻshnilariga qanday tushuntiradi? Erim har kuni yangisi bilan yuradi, nima qilsam ham ilojini topolmadim deb qay yuz bilan aytadi?
Kim nima desa ham, qanday savol bersa ham indamaydi, yigʻlamaydi. Baribir ajrashadi...
U ham Ayol edi...
Bolalar bogʻchasiga yetdi, oʻgʻli kutib turgan ekan, uni olib mashinaga chiqdi. Oʻgʻli onasining kechikkaniga hayron boʻldi. Uygacha doimgidek chuldir-chuldir savollar berib keldi: "Katta boʻlsam, dadamga oʻxshayman-a? Oyi, katta boʻlsam, boʻyim dadamnikidek boʻladi-a? Dadam meni hammadan yaxshi koʻradi-a?”.
Ayol bir ahvolda koʻngʻiroqni bosdi. Eri uyda ekan. Eshikni oʻzi ochdi. Oʻgʻilcha sevinib boʻyniga osildi: – Dadajon-on!!!
Ayol yigʻlab yubordi...
Bu galgi qaror ham bekor boʻldi.
U ham ona edi...
Dildora XUDOYBERGANOVA.
(Foto - http://storage.darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶