14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:47
Fan va taʼlim 👁 9,233

USTOZLARGA EHTIROM (Foto+Video)

Ilk bor qoʻlga qalam tutqazib, harflar dunyosiga olib kirgan, sirli boʻlib koʻringan ilm olamining qulfini ochgan aziz va muhtaram ustozlarimizni doim ardoqlab yashaymiz. Bu moʻʼtabar insonlarni yosh avlodni kamolga yetkazish yoʻlidagi mashaqqatli mehnati uchun juda qadrlaymiz va eʼzozlaymiz. Zero, ularning bu beminnat xizmatlari har birimizning hayotimizda beqiyos oʻrin tutadi.

Mamlakatimizda "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ning bayram sifatida keng nishonlanib kelinayotganligi sharafli kasb egalarining hurmat va eʼtiborda ekanligidan dalolatdir. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 27-sentyabrdagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taʼlim sohasidagi katta tajribaga ega, fidoyi hamda faol oʻqituvchi va murabbiylardan bir guruhi bayram arafasida davlatimizning yuksak mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylarga yoʻllagan bayram tabrigida "Biz bugun zamonaviy bilim va kasb egalari, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan qadam qoʻyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi boʻlgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida oʻqituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulugʻ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz” deya alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Darhaqiqat, maʼrifat fidoyilari boʻlgan ustoz va murabbiylarimiz cheksiz ehtiromga loyiqdir. Barcha joylarda boʻlgani kabi tumanimizda ham bu moʻʼtabar insonlar uchun bayram tadbirlari, uchrashuvlar oʻtkazildi. Boʻlib oʻtgan tadbirlarga fidoyili va jonkuyar oʻqituvchi hamda murabbiylar, nafaqadagi faxriy ustozlar taklif qilinib, ularga ehtirom koʻrsatildi.

Tumanimizdagi "Istiqlol” toʻyxonasida oʻtkazilgan bayram tadbiriga xalq taʼlimi faxriylari, umumtaʼlim maktablari direktorlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudiralari hamda taʼlim sohasida faollik koʻrsatib kelayotgan fidoyi xodimlar taklif qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshev hamda Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, tuman hokimi oʻrinbosari Maryam Ahmedovalar sharafli kasb egalarini bayram bilan tabriklab, kelajak vorislarini komil insonlar qilib voyaga yetkazishdagi jonkuyarlik va fidoyiliklari uchun minnatdorchilik izhor qildilar.

Tadbida tuman XTMFMTTEB mudiri Otabek Yoʻldoshov ustoz, oʻqituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan qutladi. Sohadagi amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlarga monand ravishda taʼlim sifatini yanada yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirish lozimligini, endilikda soha xodimlarining zimmasidagi masʼuliyatlari yanada ortishini eʼtirof etib oʻtdi.

Tadbirda xalq taʼlimi sohasida munosib mehnat qilib kelayotgan 15 nafar faol xodimlarga "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi”, "Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.

Xalq taʼlimi faxriylari va ilgʻor oʻqituvchi hamda murabbiylar ham soʻzga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdilar.

- Kasbimiz mashaqqatli, masʼuliyatli shu bilan birga sharafli hamdir, – deydi faxr bilan "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan 55-sonli maktab direktori Davron Arikov. – Kamtarona mehnatim shu qadar yuksak baholangani meni yanada ruhlantirdi, shu qatorda masʼuliyatimni ham oshirdi. Bundan keyin ham davlatimizning ishonchini oqlash uchun yanada koʻproq mehnat qilamiz.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida boshqa sohalar kabi taʼlim tizimi ham tubdan isloh qilindi. Yosh avlodni barkamol, keng tafakkurga ega, bilimli va har tomonlama yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish davlat va jamiyatning ustuvor vazifalaridan biri boʻlib kelmoqda hamda bu ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. "2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da ham taʼlim tizimiga alohida ahamiyat bergan.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shu oʻquv yilidan boshlab 10-sinflarning tashkil etilgani hamda bayram arafasida mamlakatimizda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilgani Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Tadbir davomida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalarining kontsert dasturi namoyish etildi.

Ozoda Xudoyberganova,

jurnalist.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019