NURONIYLARGA EʼTIBOR VA GʻAMXOʻRLIK KOʻRSATISh HAM FARZ, HAM QARZ
Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanchi va taʼsirchan kuch boʻlib xizmat qilishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar
bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Jamiyatda tinchlik-totuvlikni asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, oilalarni mustah-kamlash, aholi bandligini taʼminlash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalam-zorlashtirishdek dolzarb vazifalarni samarali amalga oshirishda mahallaning yaxlit bir tizimga solinishini davr-ning oʻzi taqozo etayotgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3 fevralda qabul qilgan "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu yoʻlda gʻoyat muhim huquqiy qadam boʻldi.
Ushbu farmon fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yigʻinlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini roʻyobga chiqardi.
Farmonda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika Kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yigʻinlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutildi.
Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning koʻp asrlik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida tuman kengashida yoshlar ishlari, diniy-maʼrifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlari joriy etildi.
Ayni kunlarda tumanimizda faoliyat yuritayotgan 47 ta OFY va MFY raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari tayinlanib, faoliyatlarini boshlab yubordilar. Bundan koʻzlangan maqsad bugungiday obod va farovon turmush tarzimizning bunyodga kelishida fidoyi mehnat qilgan yoshi ulugʻ, ulkan hayotiy tajribaga ega insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga munosib turmush sharoitlari yaratishga koʻmaklashishdir.
Qari bilganini pari bilmas, degan gap bejiz aytilmagan. Turmush qiyinchiliklarida toblangan va bugungiday dorilomon kunlarga yetganiga hayotidan mamnun boʻlib yashayotgan nuroniylarimizning yoshlarni xalqimizning asrlar osha yashab bizgacha yetib kelgan urf-odatlari, qadriyatlari ruhida maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalashda ulugʻ murabbiy ekanligi barchamizga ayon. Ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi tinchlik va osoyishtalikning barqaror boʻlishidagi, oilalarda oʻzaro mehr-oqibat, ahillik hukmron boʻlishidagi yoʻl-yoʻriqlari har doim ham hayotiy zaruratdir. Ularni eʼzozlash, eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.
Gavhar ChIMBOYChIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶