MUASSASA UChUN YaNGI BINO
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolajonlarni ziyrak, chaqqon va sogʻlom qilib parvarishlash asnosida maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash, zamonaviy bilimlarning boshlangʻich asoslarini oʻqitish vazifa qilib qoʻyilgan.
Bizning 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasamizda 3 guruhda 55 nafar kichkintoylarga sifatli taʼlim-tarbiya berilmoqda. Bolajonlarimiz uchun shaxmat, shashka, ingliz tili, mohir qoʻllar, raqs toʻgaraklari va "Zumradoylar davrasi” mashgʻulotlari doim maroqli oʻtadi.
Muassasamizda taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi bois, bolalarimiz maktabga qabul qilish test sinovlaridan bemalol oʻtishmoqda.
Bu yil muassasamiz faoliyatida esda qolarli yil boʻladi. Chunki bogʻchamiz joylashgan bino eskirganligi sababli investitsiya dasturiga muvofiq yangi, zamonaviy va qulay sharoitlarga ega bino qurilishi boshlab yuborildi. Bolajonlarimizni yangi binoda qabul qiladigan kunlarimiz tobora yaqinlashmoqda.
Yana bir xayrli yangilik: muassasamizda kichik kutubxona tashkil qildik. Bu xayrli ishimiz ota-onalarga manzur boʻlib, kutubxona har kuni gavjum.
Ular kutubxonadan turli xil kitoblar olib ketib, bolalariga oʻqib berishayotgani yanada quvonarli. Kutubxonamizda 328 ta kitob boʻlib, kitobxon ota-onalar bilan Saidaxon Iskandarova doimiy muloqotda boʻladi. Bolalarni mustahkam irodali, barkamol shaxs qilib tarbiyalashda badiiy asarning ahamiyati juda katta.
Ota-onalar muassasamizdagi bu xayrli ishlardan minnatdor boʻlishmoqda.
Sayyora MATKARIMOVA,
3-sonli MTM mudirasi v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶