FARMONLAR IJROSIGA XIZMAT QILUVChI TADBIR
Yaqinda Mangʻit Iqtisodiyot kolleji majlislar xonasida tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining yoshlar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2016-yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekiston faxriylarni qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini taʼminlash, ularning mazmun-mohiyatini ommaga tushuntirish maqsadida tashkillashtirildi. Unda OFY va MFY raislarining yoshlar ishlari va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminar ishtirokchilari tashkilotchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Oʻtkazilgan tadbir Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan Farmonlarining ijrosi taʼminlanishida muhim rol oʻynaydi.
Oygul RAJABOVA.
(Foto - http://smsiti.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶