HAR KUNI BIR IJOBIY ÖZGARIŞ
Ertangi kunini xotirjam, köngli töq, osoyişta qarşi olgan odamga yaşaş juda qadrli va aziz tuyuladi. Bu hisni, ayniqsa, keksayganingizda çuqur sezar ekansiz.
Bizning "Kangli” ovulimizda istiqlol yillarida juda köp xayrli işlar amalga oşirildi. Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida buningdek bunyodkorlik, yaratuvçanlik işlari avj olayotganidan biz keksalar juda quvonamiz. Mustahkam işonç, ertaga bugungidan ham yaxşi va farovon yaşaşga bölgan intiliş ovulimizda har kuni bir xayrli özgarişlarga omil bölayotir.
Şu yilning 16 iyulidan "Xalq banki” tuman filiali xodimlari özlariga ajratilgan maxsus xonada belgilangan jadvalga muvofiq pensiya pullarini tarqata boşladi. Hamma tinç, xotirjam pensiyalarini olayotganidan xursand.
"Qangli” ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi yaqinida profilaktika inspektori uçun beş xonali uy binosi qurilişi boşlandi. Bino Yurtboşimiz taʼkidlaganlariday, şu el odamlariga el bölib yaşab, tinç-osoyiştaligini köz qoraçiğiday asraşga xizmat qiladigan içki işlar xodimiga beriladi, albatta.
Ovul hududidagi 79-sonli maktab binosiga qöşimça uç xona qurilayapti. Maktab sinfxonalarining kengayişi öquvçilarga taʼlim berişda yangi imkoniyatlar oçişi bilan bizni quvontiradi.
Ovulning tadbirkor va intiluvçan öğloni Yaraşboy Otajonov öz mablaği hisobidan 5 xonali xususiy dökon binosini qurib bitkazib, elga xizmat körsata boşladi.
Mamlakatimiz böylab qişloq vraçlik punktlari optimallaştirilganida, bizning ovulimizda joylaşgan "Qangli” QVP şahar markazidan ança olisda bölganligidan faoliyati saqlab qolindi.
Biz keksalar buning uçun soha va tuman rahbarlariga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Çunki biz istiqlolga erişilmasidan ilgari dala mehnatkaşlariga faqat işçi kuçi sifatidagina qaralgan, insoniy qadr-qimmati, uning soğligi haqida heç kim öylab ham körmagan davrlarni ham boşimizdan ötkazganmiz. Şuning uçun ham Yurtboşimizning xalq bilan muloqot qilib, turmuşidagi muammolarini örganib, ijobiy hal qilib, hayotdan rozi bölib yaşaşlariga intilayotganini öylaganimizda boşimiz kökka yetadi. Keksaygan çoğimizda bölsa-da, şunday kunlarga yetkazganiga şukurlar aytib, yurtimiz ertasi bugunimizdan-da porloq bölişini tilab, duolar qilamiz.
Barça yurtdoşlarimizni yaqinlaşib kelayotgan mustaqilligimizning 26 yilligi bilan butun ovulimiz keksalari nomidan tabriklayman.
Örozboy TOJIYeV,
77 yoşli pensioner, Qangli ovuli.
(Foto - http://qalampir.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶