Harbiylarning aholi bilan uçraşuvlari
Yaqinda "Qangli” ovulida Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining çegara qöşinlariga qaraşli 9202 "D” harbiy qism xizmatçilarining aholi bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuv yiğilişida Özbekiston Respublikasining çegara oldi hududida joylaşgan ovul va mahallalarida huşyorlik va ogohlikni oşiriş hamda mahalla fuqarolari tomonidan Özbekiston Respublikasining "Davlat çegarasi töğrisida”gi Qonuniga va çegara oldi rejimiga rioya etilişiga eʼtiborni kuçaytiriş töğrisidagi masala muhokama etilib, bu masala böyiça harbiy qism vakili A.Mahmudov va profilaktika inspektori A.Dosnazarovlar sözga çiqdilar.
Yiğilişda sözga çiqqanlar çegara oldi hududida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilsa, bu – ovul fuqarolarining tinç va xotirjam hayot keçirişlariga omil bölişini taʼkidladilar.
Bunday yiğiliş "Qangli” ovulining "Qumyop” mahallasida ham ötkazilib, unda ham şu masala muhokama etildi. Bu uçraşuv yiğilişida harbiy xizmatçilardan A.Madaliyev, O.Mahmudov va profilaktika inspektori B.Narboyevlar sözga çiqdilar.
Yiğiliş iştirokçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga töliq javob oldilar.
Yiğilişlarda muhokama etilgan masala böyiça tegişli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶