22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:59
Jamiyat 👁 1,982

ULKAN MARRALAR HALI OLDINDA

ULKAN MARRALAR HALI OLDINDA

Odatda biz ringda bokschilarning jangini tomosha qilganimizda ulardan qay biri abjir, kuchli va mahoratli boʻlsa, uning har bir harakatini zehn bilan  kuzatamiz, aniq zarbalarini olqishlab turamiz. Bu – oʻz kuch-imkoniyatini aniq maqsad sari yoʻnaltira olgan sportchiga tan berishimizdir. Bunday damlarda ringda jang olib borayotgan sportchilarning koʻnglidan nimalar kechishi biz uchun qiziq.

– Ringga chiqqan vaqtimda, u qay darajadagi musobaqa boʻlishidan qatʼiy nazar, men avvalo raqibimga har doim oʻzim kabi gʻoliblik uchun intiladigan sportchi sifatida hurmat bilan qarashga intilaman. Chunki hamma sportchi ham ringga umid bilan kirib keladi, mahoratini oshirib, gʻoliblik uchun kurashadi, – deydi boks boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, Nukus Olimpiya zahiralari kolleji oʻquvchisi Sherzod Qodirboyev.

U 33-sonli maktabning birinchi sinfiga qadam qoʻygan 2008-yildan beri "Toʻlqin” ovulida faoliyat yuritayotgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli boks toʻgaragida ustozi Azimjon Muxtorov rahbarligida shu sport turi bilan shugʻullandi. Uning tirishqoqligi, mashgʻulotlarga jiddiy yondashuvi maktab direktori Hanifa Yaxshimova, boks  guruhi murabbiyi Azimjon Muxtorovlarni befarq qoldirmadi.

Ushbu maskanda ovulning qanchadan-qancha yosh oʻsmirlari sportning mazkur turi bilan shugʻullanishgan boʻlsa, ularning orasidan Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston chempionlari, nufuzli musobaqalar sovrindorlari, Nizomaddin Qipchoqboyev kabi boks murabbiyi yetishib chiqdi.

Sherzod Qodirboyev ham mazkur muassasaning umidli polvonlaridan biri. U bir necha bor Qoraqalpogʻistonda gʻoliblikni qoʻlga kiritgani tufayli 2016-2017 oʻquv yilida Nukus Olimpiya zahiralari kollejiga imtiyozli qabul qilingan edi. Bu Sherzodga oʻz ustida ishlash, mahoratini oshirish uchun yana ham imkoniyatni kengaytirdi. Malakali murabbiy Sharof Hayitboyev u bilan mashgʻulotlar olib bordi, har bir usulni mahorat bilan egallash, raqib zarbalaridan himoyalanish sir-asrorlarini puxta egallash ustida tinimsiz mehnat qildi. Natijada  joriy yilning 24-31-mart kunlari Urganch shahri mezbonlik qilgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida 60 kg. vazn toifasida ringga chiqib, chempion boʻldi. Margʻilon shahrida 2001-2002-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro turnirda ham gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi.

Bu yutuqlari bilan Sherzod boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga aʼzo boʻldi, oʻz-oʻziga ishonchi oshdi, mashgʻulotlarga avvalgidan ham masʼuliyat bilan qatnashadigan boʻldi. Natijada aprel oyida Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan jahon chempionati kumush medali sovrindori, "Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi” Dildabekov Muxtarxon Qoʻbilanbek oʻgʻlining xotirasiga bagʻishlanib oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan VI ochiq Xalqaro xotira turnirida kumush medalni yengib olishga erishdi.

Musobaqa davomida Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston Respublikasi vakillari boʻlgan kuchli raqiblar bilan jang olib borgan Sherzod oxirgi raqibiga kichik farq bilan yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi.

Aslini olganda, koʻrinishidan yoqimtoy, yumshoqkoʻngil bu bolakayning  ringda raqibiga zarba berishini  tasavvur ham qilish qiyin.

– Biroq, bu – sport, – deydi kulib Sherzod. – Albatta, hamma bokschilar ham ringga umid bilan, tayyorgarliklar bilan chiqadi.

Sherzodning nazarida musobaqalarda raqiblari doim shunday namoyon boʻladi. Koʻnglida esa umid bilan kuzatib qolgan onasi, tugʻishganlari, murabbiylari oldiga yorugʻ yuz bilan qaytish istagi joʻsh uraveradi.

Nukus Olimpiya zahiralari kollejining ilk bosqichini tamomlagan Sherzod Qodirboyev yana bir ulkan marra sari intilib, mashgʻulotlarni kuchaytirmoqda: u shu yilning 1-8-avgust kunlari Filippinda boʻlib oʻtadigan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Yaqin kunlar ichida esa chempionatoldi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga joʻnab ketadi.

Uni ruhlantirib, gʻalabaga intilishga undaydigan  sabablar koʻp: mamlakatimizda yoshlarga qilinayotgan gʻamxoʻrliklar, yaratilayotgan sharoitlar... Bularni sidqidildan his qilish Sherzod Qodirboyevni hali ulkan-ulkan marralar sari yetaklayveradi.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026