BAGʻRI KENG USTOZ EDI
Darhaqiqat, gazetamizning ("Amudaryo haqiqati”) sobiq muharriri Sobir Yusupov barcha jurnalist va muxbirlar uchun bagʻri keng ustoz edi. Agar ustoz hayot boʻlganlarida 97 yoshni qarshilagan boʻlardilar.
Ustoz Sobir Yusupov bilan deyarli 22-yil hammaslak, hamfikr boʻlib yashadik, ishladik. Hayotning quvonch-u tashvishlarini birga koʻp marta baham koʻrganmiz. U Tursunboy Davlatboyev, Qodir Ollamurodov, Yoʻldosh Ernazarov, Sobir Qutlimurodov, Gulnora Matyoqubova, Sobir Yoqubov, Nazarimbat Almurodov, Qurbonboy Ollamurodov, Tursunboy Sultonov, Safo Matchonov, Allambergan Jumaniyozov, Guljon Kenjaboyeva, Bibihojar Doʻsniyozova, Norboy Toʻraboyev, Qobul Shomurodov Madrahim Qurbonov, Muxtor Nazarboyev, Oʻrozali Reyimov, Xonimjon Rajabova, Robiya Yoʻldosheva, Oygul Rajabova, Roza Orziboyeva kabi jurnalist va jamoatchi muxbirlarga ustozlik qildi.
Qalbida yozish istagi bor ijodkor gazetadan uzoqlashgisi kelmaydi. Ustoz pensiyaga chiqqanlaridan soʻng 4-5-yil oʻtib, bir kuni menga gazeta tahririyatida boʻsh oʻrin boʻlsa, ishlash niyati tugʻilganligini bildirdi. Bu haqda gazetaning oʻsha vaqtdagi muharriri Gulnora Matyoqubovaga aytdim va u ustozimiz Sobir Yusupovning sevimli kasbida ishini davom ettirishiga imkon yaratdi. Shundan soʻng ustoz uch yil davomida gazetaning maxsus muxbiri vazifasida ishladi.
Ustoz 67 yoshida olamdan oʻtdilar. "Amudaryo haqiqati” gazetasi sahifalarida ocherk, reportaj, suhbat, lavhalari, maqolalari, sheʼr va toʻrtliklari ustozning ijod mahsuli sifatida mangu tarix boʻlib qoldi. Biz shogirdlari u insonni hamisha sogʻinib va hurmat bilan esga olamiz. Bagʻri va feʼli keng, ijod qilishdan hech charchamaydigan ustozning mehnat faoliyati biz shogirdlari uchun hamisha ibrat maktabi boʻlib qolaveradi.
Saʼdulla XoʻjanIyozov,
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶