SAYYoR YIGʻILIShLAR OʻTKAZILDI
Joriy yilning 18-iyun kuni tumanda 2017-yilgi investitsiya dasturi asosida yangidan qurilayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan va kapital taʼmirlanayotgan ijtimoiy soha obʼektlari, namunaviy uylar va boshqa qoʻshimcha obʼektlarda qurilish ishlarining borishini koʻrib chiqish maqsadida sayyor yigʻilishlar oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishlarda B.Toʻraboyev rahbarlik qilayotgan "Qurilish xizmat” MChJ tomonidan Boʻzyop ovulidagi 77-sonli maktabda, J.Bobojonov rahbarlik qilayotgan "Mangʻit invest maksimum” MChJ tomonidan Qilichboy ovulidagi 82-sonli maktabda va Sh.Gaipov rahbarlik qilayotgan "304-KMK” MChJ tomonidan "Namuna” mahallasidagi 78-sonli maktabda amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarining borishi tahlil etildi.
Tuman hokimi S.Yoʻldashev ushbu qurilish tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifat darajasi, moliyalashtirilishi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, quruvchilar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, qurilish madaniyatiga eʼtibor qilinishi boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
Yigʻilishlarda qurilish tashkilotlari rahbarlarining oʻz zimmalariga olgan vazifalarni bajarishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶