22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:58
Jamiyat 👁 3,752

KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida siyosatchilar orasida "Dunyoni kim boshqaradi?” degan savolga "Kim temir yoʻlga egalik qilsa, oʻsha boshqaradi” degan javob berilar edi. Bugun esa bu savolga "Kim axborotga egalik qilsa, oʻsha dunyoni boshqaradi”, deb javob berilmoqda. Darhaqiqat, halqning nuqtai nazari har qanday demokratik davlatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka bevosita taʼsir oʻtkazadigan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi oʻrni va ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi.

Tuman hokimligi bugungi kunning mana shunday talablaridan kelib chiqqan holda tumanimizdagi ommaviy axborot vositalari tahririyatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularning yanada rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Natijada ilgari faqat vaqtli matbuot nashrini chop qilish va tarqatish bilan shugʻullangan tuman gazetasi tahririyati endilikda miqdor va mazmun jihatdan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Keyingi yillarda tuman hokimligining amaliy yordamlari bilan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining moliyaviy ahvoli yaxshilandi, moddiy-texnika bazasi kuchaydi. Gazetaning adadi sezilarli darajada oshib, davriyligi ilova nashri – "Mening oilam” gazetasi bilan birga oyiga 4-martaga yetkazildi va qamrov hududi kengayib, tumanimizning barcha ovul va mahallalariga kirib bormoqda.

2010-yilda faoliyatini boshlagan Amudaryo televideniyesi tahririyati bugun haqli ravishda tumanimiz ahlining olqishi va hurmatiga sazovor boʻlib kelmoqda. Har haftada 5 kun, kuniga 10 soat efirga uzatilayotgan telekanal dasturlari orasidan joy olgan informatsion, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, musiqiy-koʻngilochar yoʻnalishdagi koʻrsatuvlar teletomoshabinlarga manzur boʻlmoqda. Raqamli televideniyega bosqichma-bosqich oʻtish rejasiga asosan yaqin yillarda sevimli kanalimiz teledasturlarini raqamli formatda efirga uzatish yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa teledasturlarning tarqatilish hududini, shu bilan birga tahririyat imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining ijtimoiy-ommabop yoʻnalishdagi "Mening oilam” ilovasi chop qilinayotganiga endigina 3-yildan ortiqroq vaqt boʻlgan boʻlishiga qaramasdan, gazeta mushtariylar koʻnglidan chuqur joy olishga ulgurdi. Tahririyat xodimlari hayotiy va qiziqarli maqolalari orqali jamiyatning muhim boʻgʻini boʻlmish oilani koʻz qorachigʻidek asrash, farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat ruhida voyaga yetkazish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdek masʼuliyatli ishlarga hissa qoʻshib kelmoqda.

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati” davlat korxonasining tarkibiy boʻlinmasi sifatida bundan 5-yil oldin tashkil qilingan amunews.uz veb-sayti, aytish mumkinki, internet tarmogʻida tumanimizning koʻzgusiga aylandi. Veb-saytdagi 2500 ga yaqin sahifalarda joylashtirilgan maqolalar, foto va video lavhalar tumanimizda roʻy berayotgan yangiliklarni, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni, amudaryoliklarning bugungi hayotini Oʻzbekiston va jahon miqyosida internet foydalanuvchilari eʼtiboriga yetkazmoqda.

Joriy yilda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati yana bir katta loyihani amalga oshirdi – tumanimizda yana bir ommaviy axborot vositasi – "Jayxun sadosi” internet-radiosi ish boshladi. www.jayxun-sadosi.uz veb-sayti orqali uzatilayotgan tezkor yangiliklar, dolzarb mavzulardagi eshittirishlar, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-koʻngilochar yoʻnalishdagi dasturlar tinglovchilarga manzur boʻlmoqda.

Tahririyat yaqin kelajakda oʻz dasturlarini FM toʻlqinlari orqali tarqatishni rejalashtirmoqda. Bu esa internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlmagan tinglovchilarga ham oddiy radio qabul qilgich uskunalari orqali radio-eshittirishlarni tinglash imkoniyatini taqdim etadi.

2015-yilda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari va tumandagi bir guruh faol ijodkorlar tashabbusi bilan "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilingan edi. Ushbu tashkilot tumanimizdagi shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, havaskor shoirlar va havaskor yozuvchilarni, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshmoqda. Tashkilot "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda tashkil qilingan, 4 mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxona orqali esa yoshlarning maʼnaviyatini, dunyoqarashini yuksaltirishga hissa qoʻshmoqda. Shu kungacha 600 nafardan ortiq yoshlarimiz mazkur kutubxonaga aʼzo boʻlgani, kitob fondi va kitobxonlar safining kun sa-yin ortib borayotgani yanada quvonarli holdir.

Shunisi quvonarliki, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari hamda nodavlat notijorat tashkiloti aʼzolari bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant tanlovlarida gʻolib boʻlib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, tibbiy va sanitariya madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda totuvlik va hamjihatlik muhitini qaror toptirishdek xayrli ishlarga hissa qoʻshib kelmoqda.

Bu kabi yutuq va muvaffaqiyatlar haqli ravishda eʼtirof qilinib, ragʻbatlantirib kelinmoqda. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati 2010 va 2015-yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. 2014-yilda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi mamlakatimizdagi bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari oʻrtasida oʻtkazilgan "Eʼtirof” Respublika tanlovida "Oʻzbekistonning eng yaxshi hududiy gazetasi” deb eʼlon qilindi. Tahririyat xodimlari orasida faxriy unvonlar, davlat mukofotlari sohib va sohibalari bor.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz matbuotining ana shunday fidoyilarini, butun mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarining faol ijodiy va texnik xodimlarini 27-iyun – kasb bayramlari – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, kelgusidagi ijodiy ishlarida omad va zafarlar yor boʻlishini tilayman!

Sultonboy YOʻLDAShEV, tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026